Samsung Galaxy Note20 Ultra — ham rusum ham uslubi urfda boʼlgan kamerafon

Опубликовано· 1 701
Samsung Galaxy Note20 Ultra — ham rusum ham uslubi urfda boʼlgan kamerafon

Bizning muallifimiz 2020 yil kuzining asosiy Android flagmani — Samsung Galaxy Note20 Ultrani sinovdan oʼtkazdi va undan foydalanishdagi taassurotlarini siz bilan oʼrtoqlashishga tayyor. Demak, «Ketdik!»

Ikki tomchi suv kabi bir-biriga oʼxshash bir xildagi xitoy smartfonlari hukmronlik qilayotgan dunyoda, siz bozordan faqat bir narsani — eksklyuzivlikni nima kutasiz. Nima qilib boʼlsa ham ajralib turishni istaysiz. Talab bor ekan, taklif ham paydo boʼladi: Samsung v Note20 Ultra sizga boshqa hech qanday smartfon bera olmaydigan juda koʼp yangi hissiyotlarni beradi. Аjralib turuvchi koʼrinishi, 120 Gts chastotali yorqin, «chegarasiz» ekran, sifatli temir, zoʼr kamera, S Pen stilusi va quvvatlash bloki, qulay operatsion tizim va boshqa xususiyatlar Note20 Ultradan foydalanishni imkon qadar qulaylashtiradi. Ammo uning yoqimsiz tomonlari ham bor.

Men «Ultra"ning barcha imkoniyatlari bilan tanishdim va olgan taaasurotlarimni siz bilan boʼlishaman.

Koʼrinishi va ergonomika

Komplektatsiyadan boshlaymiz: smartfon qutisiga qoʼllanma, quvvat olishi uchun kabelь, quvvatlash bloki va simli quloqchinlar joylashtirilgan. Samsung toʼplamga ziqnalik qilmasdan nimaiki zarur boʼlsa, barchasini taqdim qilishgan (faqat oddiygina boʼlsada, qoplama yetishmayapti).

Koʼrinishidan Note20 Ultra oʼtkir metall qirralari chiroyli shisha qayroqtoshga oʼxshaydi. Smartfon qoʼlga yoqimli kiradi, bundan uni qoʼlda tutish yanayam qulay va ishonchliroq boʼladi. Hozir smartfonlarda chopilgan qirralar urfda. Samsung mazkur trendni Note 10 seriyasini chiqarishi bilanoq oʼrnatdi. Smartfon uch rangda sotiladi: orqasi yaltiroq boʼlgan oq va qora hamda orqasi bronza boʼlgan mat rang qoplamali. Qora versiya korpusda juda koʼp izlar qoldiradi, shuning uchun bronza yoki oq ranglarini olishni maslahat beraman.



Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda quvvat tugmasi va ovoz balandligini sozlash tugmalarini chapdan odatdagi oʼng tomoniga oʼtkazildi: qurilmaning katta oʼlchamlarini hisobga olgan holda bu oʼzgarish yanada qulayroq. Hajmi borasida: Men bir necha soat foydalangandan keyin koʼnikishim qiyin boʼlmadi, shuning uchun hajmi deryali sezilmaydi. Oʼrni kelganda aytishni istardimki, mening oldingi telefonim — Galaxy A50 Note20 Ultradan keyin judayam kichik tuyuldi.

Ammo asosiy kamerali katta, boʼrttirma blokka koʼnika olmadim. Note20 Ultraning ushbu xususiyati qoplama sotib olish yoʼli bilan hal boʼladi. Shu bilan birga, kameralar blokining katta oʼlchamlari kameralarning imkoniyatlari bilan toʼliq oqlanadi — natija hayratlanarli, ammo bu haqida keyinroq.

Avgust oyida boʼlib oʼtgan taqdimot marosimida Samsung Note20 Ultraning Gorilla Glass 7 shishasi qanchalik chidamli ekanligi, tirnalishlarga va hatto past balandlikdan tushishga bardoshli ekanligini aytib oʼtishdi. Men qurilmani asfaltga urib, uning mustahkamligini tekshirib oʼtirmadim — rasmiy bayonotga ishondim.

Shuningdek, smartfon IP68 standarti boʼyicha chang va suvdan himoyalangan, bu bizga Note20 Ultrani suv joʼmragi ostida xavfsiz yuvish, yomgʼir yogʼayotganda ishlatish va hattoki toza suv ostida qisqa muddat suratga olish imkonini beradi. Men ushbu parametrni tekshirdim: Note20 Ultra joʼmrakdagi suv ostida oʼnlab marta «yuvindi» va shikastlanmadi.

120 Gts chastotali displey (ekran)

Note20 Ultra ulkan Dynamic AMOLED displeyga ega: diagonali 6,9 dyuym. Bir oʼylab koʼring: bir necha yil oldin yetti dyuymli ekranga ega qurilmalar planshetlar deb tasniflangan edi va endi Samsung oldin S20 Ultrani, hozir esa 6,9 dyuymli ekranga ega Note20 Ultrani chiqardi. Telefon katta va bir qoʼl bilan ishlatish qiyin, ammo Galaxy Note modellari har doim oddiy telefon emas, balki planshetlar sifatida qabul qilingan. Shunga qaramay, tez va oson uning oʼlchamiga koʼnikdim. Qayrilgan qirralar ham noqulaylik tugʼdirmaydi.

Tushda toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nurlari ostida har qanday maʼlumotni ekrandan qiyinchiliksiz oʼqish mumkin; 1100 nit maksimal yorqinlikning oʼzi oʼzi uchun gapiradi. Sozlamalarda koʼrsatilgan ranglarning harorati va toʼyinganligini kalibrlash, tungi rejim, Always On Displayni aniq sozlash, koʼk rang filьtri va 60 dan 120 Gtsgacha boʼlgan tanlash imkoni mavjud. Аynan shu yerida biz Note20 Ultra ning asosiy xususiyatlaridan biri — yangilanish tezligining 120 Gts chastotasiga yetib keldik.

Koʼplab smartfonlarning 60 yoki 90 Gts chastotada ishlashidan soʼng 120 Gts chastotasi oʼziga xos yangilik boʼldi. Interfeysni siljitish, roʼyxatlar va Twitter/Instagram tarmoqlari maʼlumotlarini «koʼzdan kechirish» kuchaytirilgan gerts rejimida maksimal qulay boʼladi. Shu bilan birga, 120 Gts rejimida smartfon har doim maksimal darajada ishlamaydi. Adaptiv rejim foydalanuvchi koʼziga sezdirmasdan 60 dan 120 Gts gacha boʼlgan chastotalarni almashtirish orqali batareyaning quvvatini tejaydi.

120 Gtsni qoʼllash tufayli interfeys ishlashini anglash butunlay oʼzgaradi: hamma narsa maksimal silliq va shu bilan birga tezkor tuyuladi. Ekrandagi barmoq izlari skaneri chaqmoq tezligida ishlaydi. Xulosa: Samsung juda yorqin, rangli 120Gts chastotali displeyi 10 dan 10 bahoga arziydi.

Unumdorligi (ishlashi) va xotira

Yangilanish tezligi 120 Gts boʼlgan katta ekran juda koʼp hisoblash quvvatini talab qiladi, yaʼni smartfonga kuchli protsessor kerak. U esa bor: eng yaxshi Exynos 990 har qanday vazifani samarali bajaradi, kundalik va talab qilingan vazifalarda toʼxtab qolmaydi.

Kundalik foydalanish paytida va hattoki 8K oʼlchamdagi videolarni suratga olayotganda ham smartfon qizib ketmaydi. Oʼyin jarayonlarida isish mavjud, ammo u deyarli sezilmaydi va foydalanishga hech qanday taʼsir qilmaydi. Biz bir vaqtning oʼzida PUBG Mobileda Note20 va Note20 Ultrani bir necha soat davomida maksimal sozlamalarda sinab koʼrdik, bu vaqtda oʼynash juda yoqimli edi: hech narsa uchib chiqmadi yoki sekinlashmadi.

Smartfon 8 Gb tezkor va 256 Gb oʼrnatilgan xotiradan iborat. Foydalanuvchining ehtiyojlari uchun 220 Gb mavjud, uni MicroSD karta yordamida qoʼshimcha 1 TBga kengaytirishi mumkin. Slot kombinatsiyalangan, natijada bir vaqtning oʼzida ikkita SIM-karta va MicroSDdan foydalanish imkoniyatsizdir.

«Ultra-kamera»

Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda kameralarning asosiy bloki oʼzgargan va ancha massivlashgan. Bundan tashqari, Note20 Ultraning orqa qismini S20 Ultra bilan taqqoslaganda, modullari kamligi sababli sharhimizning qahramoni bejirim koʼrinadi. Shunday qilib, smartfon uchta linzaga ega boʼldi: asosiysi 108 Mp, 12 Mp li ulьtra keng burchakli va 12 Mp telefoto moduli.

Note20 Ultra 5 baravar optik kattalashtirish va 10 baravar optik zoom bilan ajoyib suratlarni olish imkoniyatiga ega. Suratlar detallashtirilgan, yorqin va xiralashmasdan olinadi. Oxirgisi, ayniqsa, qoʼlda suratga olish paytida periskop kamerasidan foydalanganda juda muhimdir. Yaqinlashtirish tizimi uzoq masofadagi yaxshi kadrlarni va kerakli maʼlumotlarni oʼtkazib yubormaslikka yordam beradi — xoh u avtomashina raqami yoki reklama taxtasidagi telefon raqami boʼlsin. Shuningdek, «Televik» 20, 30 va 50 baravar raqamli yaqinlashtirish (kattalashtirish) bilan suratga olishga imkoniga ega.

Shu bilan birga, yoʼlda suratga olish muhim boʼlsa va suratga olgandan keyin kerakli obʼektni yaqinlashtirsangiz, men sizga asosiy kameradan 108 MP rejimida foydalanishni maslahat beraman. Bu sizga qayta ishlashda tugallangan rasmni kerakli oʼlchamda kesishga imkon beradi. «Shirik» ham oldingi avlodga qaraganda kunduzi ham, kechqurun ham ancha yaxshi suratga oladigan boʼlgan.

10 Mp oʼlchamdagi old kamerada optik stabilizatsiya, boke rejimi, kollektiv selfilar uchun keng burchakli oʼtish moslamasi va terining tusini yaxshilovchi vosita mavjud. Samsung frontal kamerani shunchalik kichkina qilib qoʼydiki, u haqida kundalik foydalanishda unutasiz va u hecham xalaqit bermaydi.

Note20 Ultra 8K oʼlchamgacha video yoza oladi. Video suratga olishning sifati yuqori darajada. Smartfon ushbu parametrda Applening soʼnggi yangiliklaridan qolishmaydigan, boshqa brendlar flagmanlarni ortda qoldiradi, baʼzi jihatlarda hatto yetakchilikni ham oladi. Masalan, Note20 Ultrada mikrofonlar videoni yozish paytida kamerani yoʼnaltirgan joydan ovoz yozib oladi. Bundan tashqari, Pro-rejimida smartfon mikrofonlardan ovoz yozishini tanlashi mumkin boʼldi: old tomondan, orqa tomondan yoki quloqchindan.

Аkkumulyator

Note20 Ultra 4500 mAch hajmli akkumulyatorga ega. Oʼrtacha foydalanish bilan, hatto 120 Gts rejimida ham men uchun ikki kunga yetdi. Juda koʼp ishlatganda — video suratga olish, oʼyin oʼynash, YouTube tomosha qilish, Galaxy Buds Live orqali musiqa tinglash — kun davomida taxminan 23:00 gacha yetadi.

Qurilma 25 Vt quvvatga ega quvvat manbalaridan tez quvvat oladi, undan Note20 Ultra 65 daqiqada 100% gacha, 30 daqiqada esa 62% quvvat oladi. 15W simsiz quvvatlagich smartfonni 100 daqiqa ichida quvvatlantirishi mumkin. Qurilma shuningdek, reversiv simsiz quvvatlana oladi, bu boshqa smartfon yoki naushniklarni quvvatlash imkonini beradi — bu juda qulay xususiyat.

S Pen

S Pen stilusining mavjudligi Galaxy Note qatorining ajralmas qismidir. Note20 Ultra aksessuarlarni yangi darajaga koʼtaradi. Shunday qilib, javob tezligi 9ms (Note 10 da u 42ms edi). Ushbu tezlik stilus uchun ijobiy taʼsir qiladi va ekranning ishlash rejimida 120 Gts chastotada yaqqol koʼrinib turadi — javob qaytarishi chaqmoq tezligida.

S Pen ushbu turdagi aksessuarlar uchun eng ilgʼor funktsionallikka ega: stilusdan kamera uchun masofadan boshqarish pulti sifatida foydalanish mumkin, tayinlangan funktsiyalarni ishga tushirish uchun havodagi har xil imo-ishoralar qabul qilish, qoʼlda yozilgan matnni terilgan matnga avtomatik ravishda aylantirish va boshqa qiziqarli xususiyatlar.

Kamchiliklari:

  • Narxi;
  • Katta hajmdagi boʼrtib chiqqan kameralar bloki;
  • Belgilangan qora korpus

Аfzalliklari:

  • Аjralib turuvchi tekis qirrali dizayn;
  • Yuqori sifatli stereo dinamiklar;
  • 120 Gtsli yorqin displey;
  • Ajoyib kamera;
  • Tezkor protsessor;
  • Qutidan tashqarida juda koʼp xotira;
  • Yaxshi vibromotor;
  • S Pen Stilusi

Narx

Samsung modeli qatori sizga Galaxy A yoki Galaxy M seriyasidagi birinchi darajali smartfonni, shuningdek S va Note seriyasidagi eng yuqori qismini tanlashga imkon beradi. Ammo Galaxy Note20 Ultra shaxsan men uchun Samsung yaratgan mahsulotlarining gultoji boʼldi. Bunday texnologiya va imkoniyatlarning moʼlligi hech bir smartfonda uchramaydi. Ammo oddiy oʼrta byudjetli qurilmadan koʼra ilgʼor texnologiyalar uchun koʼproq pul toʼlashingiz kerak. Material eʼlon qilingan paytdagi Toshkentdagi rasmiy narxlar:

MediaPark — 12 799 000 soʼm;

Olcha.uz — 12 468 000 soʼm;

Radius — 13 650 000 soʼm;

Elmakon — 12 799 000 soʼm.

Никита Давыдов
Автор и фотограф
Никита Давыдов
Воспроизводство, копирование, тиражирование, распространение и иное использование информации с сайта Afisha.uz возможно только с предварительного письменного разрешения редакции. Пользовательское соглашение
Свидетельство регистрации электронного СМИ №0400 от 13 августа 2019 г.
Учредитель: ООО «Afisha Media»
Главный редактор: Сапаева Галина Вячеславовна
Адрес: 100007, Ташкент, ул. Паркент, 26А / Почта: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
ООО «Afisha Media»