Toshkent kinofestivalining ochilish marosimida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assant boshlovchilik qiladi

Опубликовано: 7 сентября· 97
Toshkent kinofestivalining ochilish marosimida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assant boshlovchilik qiladi

Kinoyulduz Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o’tkaziladigan ijodiy uchrashuvlar va matbuot anjumanlarida ham ishtirok etadi. 

Bu yilgi «Ipak yo’li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga dunyoning taniqli kinoijodkorlari tashrif buyurishadi. Ishtirokchilar qatorida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assante ham bo’lib, u nafaqat bo’lajak kinofestivalning faxriy mehmoni, balki ochilish marosimining boshlovchisi ham boʻladi. Kinoyulduz Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o’tkaziladigan ijodiy uchrashuvlar va matbuot anjumanlarida ham ishtirok etadi.

Mashhur gangsterlarning bir qator rollari Armand Assanteni o’zining afsonaviy hamkasblari qatori Gollivudning sevimli aktyoriga aylantirdi. U Ridli Skott, DJ Karuzo, Denni DeVito va Andrey Konchalovskiylarning filmlaridagi rollari, shuningdek Metyu Makkonahi, Al Pachino, Jek Nikolson, Alek Baldino va Silvestr Stallone kabi Gollivud kino ustalari bilan bir maydonda faoliyat olib borgani bilan ham mashhur.

Assantening filmografiyasidan o’zbek rejissyori Bahodir Yo’ldoshev suratga olgan «Koinot sirlarini kashf etgan inson» filmdagi roli joy olgan. Kinokartina o’rta asrlarning buyuk mutafakkiri va olimi Mirzo Ulug’bek hayotiga bag’ishlangan.

Eslatib o’tamiz, tantanali ochilish marosimi 14-sentyabr kuni «Kinochilar uyi"da bo’lib o’tadi.