Слишком короткий поисковый запрос

Taniqli aktyor, turk seriallari yulduzi Burak Oʼzchivit Toshkent kinofestivalida ishtirok etadi

Опубликовано: 7 сентября· 221
Taniqli aktyor, turk seriallari yulduzi Burak Oʼzchivit Toshkent kinofestivalida ishtirok etadi

Turk delegatsiyasi poytaxtda bir qator filmlar namoyishi o'tkazadi.

Taniqli turk aktyori Burak Oʼzchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining yulduzli mehmonlaridan biriga aylanadi. U Turkiya delegatsiyasi tarkibida Toshkentga tashrif buyuradi va boshqa turk aktyolari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. 15-sentyabr kuni Forumlar saroyida tantanali ravishda ochiladigan «Turk kinosi kunlari» shular jumlasidandir.

Turkiya delegatsiyasi Toshkentda bir qator filmlar namoyishini o"tkazib, 16-sentyabr kuni Urganch shahriga jo"nab ketadi va u yerda ham 2 kun davomida o’z filmlarini namoyish etadi.

Burak O’zchivit «Muhtasham yuz yil», «Sevgi iztirobi», «Choliqushi», «Qurilish: Usmon» seriallaridagi rollari bilan mashhur.