Buxoroda tungi xayriya marafoni bo'lib o'tadi

Опубликовано: 9 сентября· 196
Buxoroda tungi xayriya marafoni bo'lib o'tadi

Poyga Buxoroning diqqatga sazovor joy va ko‘chalari bo‘ylab o‘tuvchi nurafshon yugurish yo‘lagida bo‘lib o‘tib, ishtirokchilarni ko‘hna shahar yodgorliklari bilan tanishtiradi.

17-sentyabr kuni Bukhara Night Race xayriya marafoni bo’lib o’tadi.

Bukhara Night Race — bu Samarqand Marathon xayriya poygalari turkumiga mansub xalqaro tungi poyga hisoblanadi. Marafon mavsumning eng noodatiy debochasi va O’zbekistondagi ilk tungi poyga hisoblanib, u 17-sentabrda Buxoroda quyosh botayotgan paytda boshlanadi. Tadbir doirasida 5 va 10 km masofaga yugurish, 5 kmga Nordic Walking hamda bolalarning 300 va 600 metrga Kids Run poyga masofalari mavjud bo’ladi. Poygada 2000 dan ortiq kishi ishtirok etishi kutilmoqda.

Poyga Buxoroning diqqatga sazovor joy va ko’chalari bo’ylab o’tuvchi nurafshon yugurish yo’lagida bo’lib o’tib, ishtirokchilarni ko’hna shahar yodgorliklari bilan tanishtiradi. 2022-yildagi poygadan ko’zlangan maqsad — muzeylarni ko’rish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan kishilar uchun moslashtirishdan iboratdir. To’plangan mablag’larga audiogid, bo’rtma surat hamda zarur anjomlar xarid qilinadi, deyiladi xabarda.

Ishtirok etish badali tanlangan masofaga qarab 100 000 so’mdan dan 150 000 so’mgacha etib belgilangan. Poygar ro’yxatdan o’tish veb-sahifasida 12-sentabrgacha davom etadi.

Tadbir doirasida mehmonlar va ishtirokchilar uchun madaniy dastur bo’lib o’tadi. U DJ Jad Halal (Livan) va DJ Lehar (Italiya) ishtirokidagi konsert bilan yakunlanadi. Bundan tashqari, bolalar maydonchasi, ko"chma tamaddi maskanlari hamda esdalik uchun suratga olish joylari ham bo’ladi.

Tashkilotchilar: Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi.