"Ofitser 55" badiiy filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 500
 "Ofitser 55" badiiy filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi

30-avgust kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematogafiya agentligi buyurtmasiga binoan tasvirga olingan “Ofitser 55” badiiy filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Rejissyor Rustam Meliyev, ssenariy muallifi Asror Tolipov, prodyuser Dilbar Yusupova.

Filmda Jamshid Asadov, Erkin Bozorov, Nigina Anarboyeva, Feruza Yusupova, Anastasis Dimiropulos, Abror Yoʻldoshevlar rol ijro etishgan.

Kirish bepul.

Afisha.uz avvalroq, “Ofitser 55” kinoserialining katta premyerasidan reportaj tayyorlagandi.