"Qattiqqoʻl xonim" filmining ikkinchi qismi suratga olinadi
Devid Frenkelning 2006-yilda premyera qilingan “Qattiqqoʻl xonim” (“Дьявол носит Prada”) komedik filmining ikkinchi qismi suratga olinadi. Bu haqda “Hollywoodreporter” xabar berdi.
Ssenariy muallifi Alin Brosh Makkennan hisoblanadi, shuningdek, u birinchi film ustida ham ishlagan. Kinoda Devid Frenkel yana rejissyorlik vazifasiga qaytadi.
“Puck” nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, syujet yaxshi kunlarni boshdan kechirmayotgan “Podium” jurnali haqida hikoya qiladi. Nashrni saqlab qolish uchun Miranda Pristli (Meril Strip) hashamatli brend bilan reklama shartnomasini tuzishi kerak bo‘ladi, u yerda esa sobiq yordamchisi Emili (Emili Blant) rahbarlik lavozimida ishlaydi.
Avvalroq Enn Xeteuey film sikveliga shubha bildirgan edi. “Men bu hikoyaning davomi qachondir sodir bo‘lishiga ishonmayman”, — degan aktrisa.
“Qattiqqoʻl xonim” filmining birinchi qismi jahon prokatida 326 million dollar (byudjet 35 million) to‘plagan. Meril Stripning esa Oskar mukofotiga nomzodi qoʻyilgan.