Anons

"Retro Jazz" bayram konserti

E‘lon qilindi· 43
"Retro Jazz" bayram konserti

“Turkiston” san’at saroyi sahnasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi jazz orkestri “Retro jazz” nomli bayram konsertini namoyish etadi. Konsert xalq artisti Mansur Toshmatov boshchiligida o‘tkaziladi.

Kecha dasturidan mashhur asarlar, shuningdek, prodyuser va bastakor, “Gremmi” mukofoti sovrindori, 2023-yilda 90 yoshga to‘ladigan Oskar Kvinsi Jonsning asarlari o‘rin olgan.

Dastur mehmonlari: “Yalla” vokal-cholg‘u ansambli artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Abbos Aliyev, Javlon To‘xtayev va boshqalar.

Chiptalar narxi: 27 500 so’mdan 110 000 so’mgacha.
Chiptalarni Saroy kassalaridan yoki iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Jonli ijro.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−235−4440, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

JoySana
Дворец искусств «Туркистон»
Alisher Navoiy ko‘ch., 2, Yunusobod tumani
23 mart, 18:30