Uchtepa tumanidagi 187 ta ko‘chani nomlashda aholi taklifi qabul qilinmoqda
E’lon qilingan sana: · 78
Toshkent shahri hokimligi Uchtepa tumanidagi 187 ta nomsiz ko‘chani nomlash yoki qayta nom qo‘yish bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, ovoz berish uchun geonom.tashkent.uz saytining bosh sahifasida xarita ostidagi “Ovoz berishda ishtirok etish” havolasini, so‘ng ko‘cha bo‘limlari ko‘rsatilgan doiralardan birini bosish zarur.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
- Og‘zaki ravishda: +99871 210 04 13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha) murojaat qilish orqali;
- Yozma: 100060, Toshkent shahri Chilonzor tumani Islom Karimov shohko‘chasi 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
- Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.
Takliflar 20-avgustdan 3-sentabrgacha qabul qilinadi.