Toshkentda boshpanasiz hayvonlarga oʻyinchoq mashina yordamida oziq-ovqat yetkazib berish loyihasi yoʻlga qoʻyildi

E’lon qilingan sana· 103
Toshkentda boshpanasiz hayvonlarga oʻyinchoq mashina yordamida oziq-ovqat yetkazib berish loyihasi yoʻlga qoʻyildi

“Purr.Plates” loyihasi Toshkentda boshpanasiz hayvonlarga har kuni radioboshqaruvli o‘yinchoq avtomobil yordamida oziq-ovqat yetkazib berishin yoʻlga qoʻydi. Ayni paytda loyiha mualliflari Toshkent markazida, C1 va C2 hududlarida mushuklarga gʻamxoʻrlik qilishmoqda.

Boshpanasiz hayvonlarga yordam ko‘rsatish uchun loyihada dastlab oyiga 3−4 million so‘m sarflangan bo‘lsa, hozir bu xarajatlar 30−35 millionga yetdi. “Purr.Plates” akkauntlarida loyihaga pul oʻtkazish yoʻllari haqida ma’lumot berilmagan.

Loyiha faoliyatini Instagram akkaunti va Telegram kanalida kuzatishingiz mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling