Hafta davomida Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi va harorat noldan pastlashi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 3 299
Hafta davomida Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi va harorat noldan pastlashi kutilmoqda

Toshkent shahrida 11−15 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Dushanba kuni ertalab Toshkentda bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +13° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi va +5 darajagacha pasayadi.

12-noyabr kuni havo bulutli bo‘lib, havo harorati +14° gacha ko‘tariladi. Kechasi yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, havo harorati +7° gacha pasayadi. Yomgʻir ehtimoli 80 foizni tashkil qilmoqda.

Chorshanba kuni kunduzi yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, havo harorati esa +8° gacha koʻtariladi. Yomgʻir ehtimoli 90 foizni tashkil qiladi. Kechasi havo ochiq boʻladi -1° ga tushadi.

14-noyabr kuni Toshkentda kunduzi ob-havo biroz bulutli boʻladi, havo harorati +9° gacha koʻtariladi. Kechasi biroz bulutli boʻlishi hamda havo harorati -1° gacha tushishi kutilmoqda.

Juma kuni havo biroz bulutli boʻlib, harorat kunduzi +11° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shanba kuni kechasi biroz bulutli boʻladi. Harorat +1° gacha pasayadi.