Toshkentning yana yettita ko‘chasida avtobus yo‘laklari paydo bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 560
Toshkentning yana yettita ko‘chasida avtobus yo‘laklari paydo bo‘ladi

“Toshshahartransxizmat” poytaxt yo‘llarida tashkil etilgan avtobus yo‘laklarining samaradorligi haqida ma’lumotlar bilan boʻlishdi.

Qayd etilishicha, ajratilgan yo‘laklar paydo bo‘lishi natijasida ushbu ko‘chalarda qatnovchi avtobuslarning o‘rtacha tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatga oshgan va 29 foizga yaxshilangan. Tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, bu har kuni maxsus avtobus yoʻlaklaridan foydalanadigan 600 000 dan ortiq yoʻlovchilar uchun kuniga 100 000 soat tejaydi.

Hozirda mavjud boʻlgan 53 kilometr avtobus yoʻlaklaridan tashqari, yana yettita koʻchada umumiy uzunligi 18 kilometr boʻlgan avtobus yoʻlaklari joriy etish rejalashtirilgan. Yangi avtobus yoʻlaklari ajratilishi rejalashtirilgan koʻchalarning vaqti va nomlari eʼlon qilinmagan.