“Uzum Market” o‘zbekistonliklar Yangi yilga qanday sovgʻa olishni va o‘zlari nima sovg‘a qilishni istashlarini aniqladi
“Uzum Market” marketpleysida 2500 nafar O‘zbekiston aholisi o‘rtasida Yangi yil bayramiga qanday sovg‘alar olishni orzu qilishlari va o‘zlari nima sovg‘a qilmoqchi ekanliklarini bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Ikki yildan beri eng ko‘p kutilgan sovg‘alar ro‘yxati o‘zgarmay qolmoqda, unda:
- soatlar;
- smartfonlar;
- kiyim-kechaklar;
- maishiy texnika;
- pul yetakchilik qilmoqda.
Albatta, shirinliklarsiz Yangi yilni tasavvur qilib boʻlmaydi, — ularni sovg‘a sifatida olishga nafaqat bolalar, balki kattalar ham xursand bo‘lishadi.
Bu yil kutilgan sovg‘alar ro‘yxati o‘zbekistonliklar yangi yil kechasida archa ostida qoldirishni rejalashtirgan sovg‘alar bilan deyarli to‘liq mos keladi. Shu bilan birga, soʻrovdan oʻtganlarning 70% dan ortig‘i oldindan tayyorgarlikni boshlaydi va sovg‘alarni sotib oladi, bu yil o‘zbekistonliklarning bayram byudjeti 100 mingdan 500 ming so‘mgacha bo‘ladi — soʻrovdan oʻtganlarning 35% i xuddi shuni rejalashtirmoqda, qolgan 7% i esa yangi yil savdolarida 7 million so‘mdan ortiq pul sarflashga tayyor. Aytgancha, muddatli to‘lov xizmatlarining ommalashuvi bilan butun oila uchun hatto kichik byudjet bilan ham sovg‘alar sotib olish mumkin.
An’anaga ko‘ra, mamlakat aholisining 90% dan ortig‘i bayramni uyda oila davrasida nishonlashni va faqat 2−3 nafar yaqinlariga sovg‘a berishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, respondentlarning 12% i o‘zlarini haqiqiy yangi yil sehrgari deb his qilishadi va 10 dan ortiq sovg‘alar berishadi, 6% i esa sovg‘alarni umuman bermasligini aytishgan. Yoshlar sovg‘aga smartfon, 40 yoshdan kattalar esa pul kutmoqda.
Yangi yilga Toshkent, Andijon va Farg‘ona viloyatlari aholisi hammadan ko‘ra faolroq tayyorgarlik ko‘rmoqda. So‘rov ma’lumotlarini Uzum Market statistikasi ham tasdiqlaydi — 11.11 savdosida yangi yil bezaklariga bo‘lgan talab avvalgi haftalarga nisbatan 3 barobarga oshdi va smartfonlar an’anaviy ravishda yuqori mavsumda eng ommabop tovarlar qatoriga kiradi — savdolar davomida o‘zbekistonliklar milliy marketpleysda deyarli 14 mingta smartfonga buyurtma berishdi, dekabr oyining birinchi haftalarida ularga bo‘lgan talab yildan yilga 52% ga (1,5 barobarga) oshdi.
Reklama huquqlari asosida.