O‘Z
Namangan Flower Fest: qanday qilib bitta shahar bayrami gullab-yashnayotgan O‘zbekistonning xalqaro ramziga aylandi
1961-yildan buyon har yili o‘tkaziladigan gullar festivali shaharni botanika bog‘iga aylantirmoqda. 2025-yilda esa Ipak Yo’li bankining ESG tashabbusi bilan barqaror rivojlanishga zamonaviy yondashuv ham qo‘shildi.
Barchasi 1961-yilning avgust oyida Namangan Xalq bog‘ida (hozirgi Bobur nomidagi bog‘) ilk bor gul ko‘rgazmasi o‘tkazilishidan boshlandi. Bu ko‘rgazma kichik miqyosda o'tkazilgan edi, u ko‘proq eksperimentga o‘xshardi: “Gulzor” mahallasining bog‘bonlari o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan tuvakdagi o‘simliklarni namoyish etgan edilar. Lekin o‘shandayoq bu bayram nafaqat shahar aholisida, balki an’anani davom ettirishga qaror qilgan mahalliy hokimiyatda ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Mintaqaning bog‘dorchilik tajriba ildizlari XIX asrga borib taqaladi — bu yerda atirgullar yetishtirilib, gul damlamalari va efir moylari tayyorlangan. Shu bois gullar festivali g‘oyasi ayniqsa o‘rinli bo‘lgan. Qisqa muddat ichida tadbir keng quloch yoydi: 1965-yilga kelib u “Atirgullar bayrami” deb atala boshlandi va ko‘rgazmalar 3,5 gektardan ortiq maydonni egallab, 100 000 dan ziyod ko‘chatlarni o‘z ichiga oldi.
Festival muntazam o‘tkaziladigan bo‘lib, har yili ko‘lami kengayib bordi. U nafaqat davrlar o‘zgarishini boshdan kechirdi, balki XXI asrda yangi hayot ham kasb etdi. 2018-yilda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan festivalga rasmiy xalqaro maqom berildi.
Mintaqaviy koʻrgazmadan xalqaro tadbirga
Bugungi kunda Namangan Flower Fest nafaqat bog‘bonlar uchun bayram, balki O‘zbekistonning muhim sayyohlik va madaniy platformasiga aylandi. Uning dasturidan paradlar, ko‘rgazmalar, landshaft dizayni bo‘yicha mahorat darslari, konsertlar, art-installyatsiyalar va barqaror rivojlanish tashabbuslari o‘rin olgan.
Gullar ikkinchi hayot topmoqda: Ipak Yo’li bankining ESG loyihasi
Boshqaruv jihatlari (Governance):

  • o‘z faoliyatida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlaydi;
  • korporativ boshqaruvning yuqori standartlarini joriy etadi;
  • firibgarlikka qarshi kurashadi.
“Bankning ESG strategiyasi — bu ekologik, ijtimoiy mas’uliyat va samarali korporativ boshqaruv tamoyillariga asoslangan biznesni yuritishning keng qamrovli yondashuvi. Bu strategiya bankning o‘z faoliyati atrof-muhitga, jamiyatga va boshqaruv tamoyillariga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olishga, barqaror rivojlanishga intilishga hamda salbiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan”, — dedi Nana Mardoyan.
G‘oya oddiy va go‘zal: festival yakunlangandan so‘ng, so‘liy boshlagan gullar axlatga tashlanmaydi. Buning o‘rniga ular ehtiyotkorlik bilan terib olinadi, quritiladi va xushbo‘y shamlar, tabriknomalar hamda suvenirlar tayyorlashda ishlatiladi.

Loyiha shahar hokimligi, bog‘bonlar va ko‘ngillilar jamoasi yordamida amalga oshiriladi. Ko‘ngillilar orasida Toshkent va Namangandan kelgan bank xodimlari ham bor.
2025-yilda festival yana bir muhim yo‘nalishga — ekologik yo‘nalishga ega bo‘ldi. Tadbirning bosh hamkori Ipak Yo’li banki bo‘lib, u so‘lib borayotgan gullarni qayta ishlash tashabbusini ilgari surdi.

Loyiha shunchaki homiylik paketining bir qismi emas, u oqilona iste’mol falsafasini olg'a suradi.
ESG strategiyasi doirasida bank ekologik jihatlarni (Environmental) qo‘llab-quvvatlaydi:

  • karbonat angidrid chiqindilarini qisqartiradi;
  • qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritadi;
  • atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradigan “yashil” loyihalarni moliyalashtiradi;
  • “yashil” bank mahsulotlarini ishlab chiqadi.
G‘oya muallifi Ipak Yo’li bankining marketing bo‘yicha direktori Nana Mardoyan bo‘lib, u xalqaro tajribadan ilhomlangan ko‘plab ESG-loyihalarning tashabbuskori hisoblanadi.

Mahalliy hunarmand va Tenderley studiyasi bilan hamkorlikda 100 ta sham yaratildi. Ularning har biri tabiatga ongli munosabatning ramziga aylandi.
Ijtimoiy jihatlar (Social):

  • ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydi;
  • xodimlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydi;
  • mahalliy jamoalarni rivojlantirishga sarmoya kiritadi;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishini ta’minlaydi.
Reklama huquqlari asosida.
Ipak Yo’li tashabbusi shuni ta’kidladiki, gullarga g‘amxo‘rlik ularning so‘lishi bilan tugamaydi. Aksincha, aynan shu paytda ular yangicha namoyon bo‘lishi mumkin: gulzorlarda emas, balki atrofdagi dunyoni o‘zgartirishga ilhom beradigan ma’no ko‘rinishida.
Alohida e’tibor qadoqlashga berildi: shamlar bankning qayta ishlangan bannerlaridan tikilgan eko-sumkalarga joylashtirildi va loyiha tarixini aks ettiruvchi ochiq xatlar bilan to‘ldirildi.

Bu sovg‘alar barqaror rivojlanish sohasida faoliyat olib borayotgan mijozlarga, hamkorlarga va xalqaro tashkilotlar vakillariga topshirildi.
Shunday qilib, dastlab atirgullar bilan kichik burchakdan boshlangan festival, bugungi kunda an’analar va innovatsiyalarni o‘zida mujassam etmoqda.

U hamon go‘zallik va ilhom bayrami bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, tobora ko‘proq tabiat, barqarorlik va kelajak haqidagi mas’uliyatli muloqotlar uchun maydonga aylanib bormoqda.