“Toshkent-Parij-Toshkent” avtoprobeg ishtirokchilari tantanali kutib olindi
22-avgust kuni Turizm qo‘mitasi binosi oldida Parijdan Toshkent shahriga qaytib kelgan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maxsus milliy logotiplar bilan qoplangan avtomashinalarida o‘n milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan blogerlar Toshkentdan Parijgacha va orqaga 47 kun ichida Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Shvetsariya, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Latviya davlatlarini kesib, qariyb 15 ming kilometr masofani bosib o‘tdilar.
Ma’lumotga koʻra, safar davomida Abdurahmon Fazilovning sahifasida joylashtirilgan kontentlarni ko‘rish 240 milliondan ziyod, sahifalarni qamrab olish esa 21 milliondan oshdi.
Yana bir bloger Asal Saparbayevaning (Littos) birgina “O‘zbek Tandiri” aks etkan videolavhasi 50 milliondan ko‘p tomosha qilindi.