O‘zbekiston turizm sohasida “Eng yaxshi rivojlanayotgan yo‘nalish” mukofotiga sazovor bo‘ldi
Londonda boʻlib oʻtgan marosimda Oʻzbekiston nufuzli “Wanderlust Reader Travel Awards 2024” mukofotining “Eng yaxshi rivojlanayotgan yoʻnalish” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Taqdirlash marosimi mashhur “Tate Modern” zamonaviy san’at galereyasida oʻtkazildi.
“Wanderlust Reader Travel Awards” mukofoti Wanderlust jurnali tomonidan oʻtkaziladigan yoʻnalishlar va turoperatorlar uchun nufuzli tanlov hisoblanadi. Jurnal xodimlari har bir mukofot toifasi uchun qisqa ro‘yxatlarni yaratadilar va g‘oliblar o‘quvchilar tomonidan tanlanadi. Bu yil 3,6 milliondan ortiq ovoz berilgan.
1993-yilda tashkil etilgan “Wanderlust” Buyuk Britaniyadagi o‘quvchilar uchun yetakchi sayohat jurnallaridan biri hisoblanadi. “Wanderlust” yiliga deyarli 140 ming nusxada 10 ta son chiqaradi va uning veb-sayti har oy 1,2 million noyob o‘quvchilarni jalb qiladi.
Wanderlust haqida:
1993-yilda tashkil etilgan Wanderlust jurnali hozirda Buyuk Britaniyadagi eng ko‘p o‘qiladigan sayohat nashri bo‘lib, bosma va raqamli formatdagi eng yuqori o‘rtacha tirajga ega va haqiqiy, mas’uliyatli va o‘rganilmagan sayohatlarni ishonchli yoritishda kashshof bo‘lib qolmoqda. 2020-yildan boshlab yangi rahbarligi ostida “Wanderlust” tarix, arxeologiya va urbanizm kabi yo‘nalishlarni o‘z diqqat markaziga qo‘shib, yoritadigan mavzular doirasini kengaytirdi va barqaror turizmga sodiqligini mustahkamlashni davom ettirdi. Wanderlust hozirda AQSH, Kanada va dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida mavjud.