11. Sayohatlarni boshlashni orzu qilgan, lekin bunga jur’at eta olmagan kishiga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
Bu juda oddiy: xohlayotgan bo‘lsang — boshla! Tushunaman, hammada har xil imkoniyatlar bo‘lishi mumkin. Lekin mana yaxshi misol.
Bu yil Barselonadagi Nomadmania konferensiyasida Ispaniya bo‘ylab birinchi raqamli sayohatchi nutq so‘zladi. U BMTning 193 davlatiga tashrif buyurgan. Unga ko‘plab savollar berishdi, jumladan, ko‘p qismi moliyaviy holatga oid edi.
Va u juda to‘g‘ri gapni aytdi. Ha, agar hostel bo‘lmasa, mehmonxona narxiga bog’liq bo’lib qoladi. Ammo mehmonxona narxlarini ham tartibga solish mumkin — mehmonxonalar 2, 3, 4 va 5 yulduzli bo‘lishi mumkin. Deyarli har doim parvoz uchun muqobil variant mavjud — poyezd yoki avtobusda sayohat qilish. Shuningdek, hozirda juda arzon yo‘nalishni topa oladigan ko‘plab agregatorlar mavjud. To‘g‘ri, u noqulay bo‘lishi mumkin, lekin agar maqsad sayohat qilish yoki biror mamlakatga yetib borish bo‘lsa — hal qilish mumkin.
Ovqat masalasida esa quyidagilarni aytdi: snikers, makdonalds va suv deyarli barcha mamlakatlarda bir xil narxda. Shuning uchun ovqat masalasida umuman savol tug‘ilmaydi. Agar qaysidir mamlakatda puli tugasa, snikers, suv, qandaydir buterbrod tanovul qiladi.
Inson qanday maqsadni ko‘zlaydi? Agar gap faqat qulaylikda bo‘lsa, odam faqat Maldiv orollariga borishni xohlasa — bu boshqa masala. Agar inson aynan biror mamlakatga yetib bormoqchi bo‘lsa, u shunchaki variantlarni izlashi va harakat qilishi kerak.
Ko‘pchilik hali ham sayohatni boshlay olmaydi, chunki ular goh do’stlarni, goh yana nimanidir kutishadi. Kutishning hojati yo‘q, chunki boshqalarni kutib, o‘z hayotingni yo‘qotishing mumkin. Harakat qilish kerak! Boshlash kerak!
Albatta, do’stlar har doim qiziqarli, lekin hamma narsa o’zimizda. Biz shunchaki boshlashimiz kerak. Va ketishimiz kerak. Bu esa qandaydir xavfli mamlakatga yolg‘iz o‘zing borishing kerak, degani emas. Yo‘q, albatta, aql bilan yondashish kerak.
Menimcha, agar xohlasang, harakat qilish kerak!