Xalqaro turizm akademiyasiga qabul boshlandi
E’lon qilingan sana: · 252

Xalqaro turizm akademiyasiga 2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi, deb xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi.
Dasturda:
- UN Tourism va Les Roches xalqaro mehmondo‘stlik maktabi tomonidan tasdiqlangan ta’lim;
- har bir moduldan keyin turizm kompaniyalarida amaliyot;
- bitiruvchilarga UN Tourism va Les Roches xalqaro sertifikati;
- onlayn va oflayn o‘qish imkoniyati;
- O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab ish topish imkoniyati taqdim etiladi.
“Mehmondo‘stlik menejmenti” dasturi asosida 8 oy ta’lim olinishi koʻzda tutilgan.
Dastur modullari:
- turizmning innovatsion trendlari va barqaror rivojlanish;
- biznes modellashtirish va inqirozni boshqarish;
- xalqaro kadrlar menejmenti va loyiha boshqaruvi;
- moliya, marketing va daromadlarni boshqarish;
- mehmonxona investitsiyalari va tadbirlarni boshqarish.
Akademiyada talabalar amaliyot o‘tashi uchun zamonaviy laboratoriyalar, oshpazlik san’ati laboratoriyasi, aeroport va temir yo‘l xizmatlari bo‘yicha treninglar, kutubxona va sport majmualari taqdim etiladi.
Kimlar hujjat topshirishi mumkin?
- turizm sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar;
- litsey, kollej va texnikum bitiruvchilari;
- xalqaro mehmonxona tarmoqlarida ishlashni xohlovchilar.
Hujjatlar rasmiy sayt orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun (+998) 66−240−6782 telefon raqami yoki admissions@tourism-academy.uz elektron pochtasiga murojaat qilish mumkin.