Oʻmonda boʻlib oʻtgan sayyohlik forumida Oʻzbekiston madaniyati namoyish etildi

E’lon qilingan sana· 171
Oʻmonda boʻlib oʻtgan sayyohlik forumida Oʻzbekiston madaniyati namoyish etildi

6-iyul kuni Oʻmon poytaxti Maskat shahrida “O‘zbekiston-Oʻmon” turizm forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston madaniyati va sayyohlik imkoniyatlarining keng ko‘lamli taqdimoti tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekistonni Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida targ‘ib qilishning yorqin ifodasi bo‘ldi. Maskatdagi eng yirik savdo va ko‘ngilochar markazlaridan birida o‘zbek san’atkorlari ishtirokida madaniy shou bo‘lib o‘tdi. Milliy raqslar va musiqalar bir zumda tomoshabinlarni to‘plab, maydonni sharqona bayram muhitiga olib kirdi.

Tadbir O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Oʻmondagi diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Ularning maqsadi mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik va madaniy muloqotni kuchaytirish, shuningdek, arab mintaqasidan sayyohlarni jalb qilishdan iborat.

“O‘zbekiston-Oʻmon” forumi xalqaro hamkorlikni kengaytirish va jahon turizm bozorida mamlakatning ijobiy imijini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadam hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling