O‘zbekistonga yarim yilda 6,5 mln nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

E’lon qilingan sana· 67
O‘zbekistonga yarim yilda 6,5 mln nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida jami 6 565 410 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 million nafarga yoki 24,9 foizga ko‘p.

Eng ko‘p turist tashrif buyurgan davlatlar o‘ntaligiga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Afg‘oniston, Xitoy, Turkmaniston, Turkiya, Hindiston va Germaniya kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning ilk 4 oyida O‘zbekistonga 4 million nafar sayyoh kelgan. Ularga 1,6 milliard dollar miqdorda xizmatlar ko‘rsatilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling