Регистрация

Juda qiymali ishlar: Testo by Zamira&Coning ikkinchi filialiga sharh

Testo by Zamira&Coning yengilligi, koʼngilga urmaydigan tabiiyligi, quyosh nuri va ichki makonning ochiqligi doimiy shoshilinchdan chiqib ketishni orzu qiladigan odamlarni oʼziga jalb qiladi.

Hamma qaergadir shoshib yuradigan va doim vaqt yetishmaydigan zamonaviy dunyoda borgan sari oilaviy qadriyatlarga rioya qilmayapmiz. Аxir oldinlari qanday edi? Ilgari kamdan-kam oilada oshxonada birlashib, xamir tugish anʼanalari boʼlmagan…chuchvara, manti, somsa – nimaligi muhim emas. Retsept har doim bir xil edi: juda koʼp xamir, oilaviy yigʼin va doimiy iliq suhbatlar.

Hozirgi kunda bu anʼanani saqlab qolish qiyin, ayniqsa kechki ovqatni tayyorlash paytida. Аnʼanaviy oilaviy iliqlik retseptining barcha qolgan mahsulotlari Testo by Zamira&Coning yangi filialida.



Bu yerga olib boradigan yoʼlak boʼylab panoramali derazalar orqali iliq uchrashuvlar va samimiy suhbatlar muhitini koʼrish mumkin. Bu yerda siz shahar yangiliklarini qizgʼin muhokama qilayotgan ikki dugonani va shoshmasdan tushlik qilayotgan noutbukda ishlab oʼtirgan mehnatkashni koʼrishingiz mumkin. Rangli chuchvaralar vitrinasi orqasidan bolalar yugurib kelayotgan bir paytda esa bar peshtaxtasi oldida qoʼlida bir finjon espresso bilan tadbirkor turibdi.



Testo by Zamira&Coning yengilligi, koʼngilga urmaydigan tabiiyligi, quyosh nuri va ichki makonning ochiqligi doimiy shoshilinchdan chiqib ketishni orzu qiladigan odamlarni oʼziga jalb qiladi.

Butun uslub koʼk soya va oy toshining sokin ranglarida ishlangan. Interьerga yorqin urgʼu berilgan. Bu yerda osilgan gullar bilan ishlangan devor panellari, divanlardagi yorqin yaltiroq yostiqchalar va xuddi boʼrda yozilgan kulgili yozuvlar bilan ishlangan grafit rangidagi markali shift darrov koʼzga tashlanadi.



Bu yerda qulaylikni oʼzida aks etgan detallarni topish mumkin: deraza yonidagi stol ustidagi yogʼoch uychalar, tom koʼrinishidagi bar javoni va iliq rangdagi juda koʼp yogʼochlar. Bu elementlar buvilarimizning uyini eslatadi va yorqin xotiralarni uygʼotadi.

Binoning oʼzi uchga boʼlingan. Birinchisi kiraverishda joylashgan boʼlib, u tez tushlik qilish yoki bir finjon qahva ustida ishlash uchun juda mos keladi. Bu yerda ham panoramali deraza yonidagi baland stullarda va shirinliklar vitrinasiga yaqinroq yumshoq divanlarda bilan oʼtirish mumkin.



Ikkinchi boʼlim – bu shuningdek launj – yaqinlar, qarindoshlar va doʼstlar bilan samimiy kechalar uchun koʼproq mos keladi. Аynan shu yerda oilaviy anʼanalar katta oila davrasida iliq suhbatlar va Testoning katta tanlovi bilan qadriyatlar qaytgandek tuyuladi.

Uchinchi boʼlim – bolalar boʼlimi. Bayroqlar qoʼyilgan katta chodirlar koʼrinishidagi chiroqlar, qiziqarli pleysmatli katta aylana stol va oʼyinlar uchun alohida burchak – bu yer kichik mehmonlarga albatta yoqadi. Ota-onalar uchun ham bu yerda joy topiladi. Ular xotirjam shirinlik bilan choy ichish va farzandining oʼyinlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega boʼladilar.



Sizning kayfiyatingizni sezayotgandek tuyuladigan xodimlar alohida eʼtiborga molik. Xafa mijozlarga bu yerda koʼproq yostiqchalar berishadi va “kurasan” haqida hazillar aytiladi, sevishganlar bir-birlaridan zavq olishdan chalgʼimasliklari uchun boʼshagan idishlariga choy quyishadi, quvnoqlarga esa kayfiyatlarini iloji boricha uzoqroq saqlashga yordam berishadi.

Testo by Zamira&Coning ikkinchi filiali menyusidan ham maxsus xamirli taomlar oʼrin olgan. Ravioli, chuchvara, somsa, xinkali, gyodza – har kim koʼngliga yoqqanini topadi. Har bir taom oʼziga xos sous bilan tortiladi, biroq taʼbga qarab, qaymoq oʼrniga adjika qoʼshilgan gilosli chuchvara ham tatib koʼrish mumkin. Asosiysi, bu kabi noodatiy eksperimentlarga tayyor turish.



Ikki kishilik kechki ovqat juda demokratik narxda boʼlishi mumkin. Demak, mol goʼshtidan chuchvara, xinkali, gilosli chuchvara, bir-ikkita shirinliklarni tatib koʼrish va reza mevali choy hamda bir finjon qahva ichish 180 000 soʼmga tushadi. Bundan tashqari, diqqat bilan xizmat koʼrsatish uchun foizlar ham yoʼq, shuning uchun ofitsiantga choy yoki chuchvara puli qoldirish ayni muddao boʼladi.

Telefon raqamlari: (+998) 90-026-1330
Sadiq Аzimov koʼchasi, 54
Testo by Zamira&Co Har kuni soat 08:00dan 23:00gacha ochiq

Опубликовано: 25 ноября 2020
Мобильное приложение: Android и iOS (iPhone)
Подписывайтесь на наш Telegram канал.

Оставить комментарий

Пройдите регистрацию или авторизируйтесь на сайте.

Будьте в курсе событий!

Читайте также

© 2005-2021 Afisha.uz
ООО «Afisha Media»
0.045
Воспроизводство, копирование, тиражирование, распространение и иное использование информации с сайта Afisha.uz возможно только с предварительного письменного разрешения редакции. Пользовательское соглашение

Свидетельство регистрации электронного СМИ №0400 от 24 мая 2007 г.
Учредитель: ООО «Afisha Media»
Главный редактор: Сапаева Галина Вячеславовна
Адрес: 100007, Ташкент, ул. Паркент, 26А / Почта: info@afisha.uz

18+