#tozahavokerak. Tarmoqlarda faollar ekologik muammolarga bag‘ishlangan fleshmob o‘tkazdi

E’lon qilingan sana· 805
#tozahavokerak. Tarmoqlarda faollar ekologik muammolarga bag‘ishlangan fleshmob o‘tkazdi

“O‘zbekistonlik bir qator faollar ekologik muammolar, xususan, havo ifloslanishiga e’tibor qaratish maqsadida #tozahavokerak heshtegi bilan fleshmob o‘tkazdi. Unda ekobloger Mo‘tabar Xushvaqtova (“O‘rikguli” blogi muallifi), “Troll.uz” blogi muallifi Umid G‘ofurov, stendap komik Mirshakar Fayzulloyev, reper Konsta, “Texnoplov” vlogi muallifi Sa’dulla Abdullayev, Teacher Azam nomi bilan tanilgan o‘qituvchi-bloger A’zam Qahramoniy, bloger Mirzayor Erkinov va boshqalar qatnashdi.

Fleshmob ishtirokchilari o‘z plakatlarida turli talablar va savollar bilan suratga tushishgan. Misol uchun, Mo‘tabar Xushvaqtovaning o‘zi zavodlarga filtr qo‘yishni talab qilib, Toshkent markazida suratga tushgan.

Ekofaolning Gazeta.uz'ga bergan izohida ushbu aksiya O‘zbekistondagi havo bilan bog‘liq ekologik muammolarga odamlar va hukumat e’tiborini qaratishga bag‘ishlangani aytiladi.

“Muammo bir marta ko‘tarilgani uchun „bir martalik“ yechim qilinib, oxirigacha tizimli yechim bo‘lmasligidan juda qo‘rqyapman. Aksiya butun e’tiborni shu muammoga qaratish uchun o‘tkazilgan”, — deya ta’kidlagan Mo‘tabar Xushvaqtova.

Reper Konsta (Sharif Abullayev) plakatida o‘zining qo‘shig‘idan iqtibos keltirgan.

“Troll.uz” blogi asoschisi Umid G‘ofurov qurilishlar kamayishi va daraxtlar kesilmasligini so‘ramoqda.

Stendaper Mirshakar Fayzulloyev ham daraxtlar kesishni to‘xtatishni talab qilmoqda.

Teacher A’zam toza havoni sog‘ingan.

“Shuncha kesilgan daraxtlar kammi?”. Mirzayor Erkinov shunday so‘zlar bilan chiqish qildi.

Bloger o‘z Telegram kanalida fleshmob haqida yozar ekan, shunday deydi: “Undan kutayotgan maqsadimiz — hukumatning mas’ul boʻgʻinlari ekologiya masalasini kun tartibida ushlab turishi, qat’iy-qat'iy choralar koʻrishi, daraxtlar kesilishiga shunchaki jarima bilan javob bermasligi, qurilishlarni kamaytirishi va tabiatni asrashda jiddiyroq qonunlar qabul qilishi”.

YouTube’dagi podkastlar hammuallifi Sarvinoz Toliboyeva esa savol bilan yuzlandi.

“Texnoplov” muallifi chang yutishdan charchaganini aytmoqda.

YouTube’dagi “Qurultoy” podkasti hammuallifi Nodir Nishonov ham ushbu aksiyaga qo‘shilgan.

“Xuddi shunday” blogi muallifi esa iqlim migratsiyasini istamasligini aytadi.

Ushbu aksiyaga kichkintoy blogerlar ham qo‘shildi. Instagram’dagi “johas_sb” nikli foydalanuvchi Magic City’da kelajak avlod uchun qayg‘urishni so‘rab, plakat ko‘tarib turdi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ