Toshkentda hafta davomida ochiq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra, iyul oyining birinchi ish haftasida Toshkentda havo ochiq va yogʻingarchiliksiz issiq boʻlishi kutilmoqda.
1 -iyul kuni kunduzi biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati +32° gacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 18 km/soat. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, +19° gacha tushadi.
Seshanba kuni biroz bulutli boʻladi va harorat +32° gacha koʻtariladi. Shamol 14 km/soat tezlikda esadi. Chorshanba kechasi ham biroz bulutli boʻladi. +19° gacha tushadi. Shamol shimoldan, shimoli-sharqdan — 14 km/soat tezlikda esa.
3-iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat +36 ° gacha koʻtariladi. Kechasi havo biroz bulutli boʻladi. Harorat +21° gacha tushishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 14 km/soat tezlikda esadi.
Eng yuqori harorat payshanba kuni tushdan keyin kuzatilishi kutilmoqda — +38° gacha. Kechasi biroz bulutli , harorat +22° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 13 km/soat tezlikda esadi.
5-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +37° gacha ko‘tariladi. Shanba kuni kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +22° gacha tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 17 km/soat tezlikda esadi.