Mastercard ta’til uchun qaysi yo‘nalish aynan sizga mos ekanini aniqlash maqsadida, sizning ta’bingiz va odatlaringiz asosida qisqagina testdan o‘tishni taklif qiladi.
Kimgadir drayv va faol ko‘ngil ochish yoqsa, kimdir osudalik hamda xotirjam sayrni afzal biladi, kimdir esa, dam olishni dengiz, quyosh va maksimal qulayliksiz tasavvur qilolmaydi. Har kim o‘zgacha bo’lganidek, dam olishimiz ham turlicha bo‘lishi kerak.
Italiyaga gastrotur tanlaysizmi, Turkiya plyajlarinimi, Gruziya ko‘cha taomlari yoki BAA osmono‘par binolarinimi — Mastercard bilan ta’tilingiz nafaqat yorqin, balki foydali ham bo‘ladi.
Testdan o‘ting va qaysi mamlakat sizning hayot sur’atingizga va dam olish haqidagi tasavvurlaringizga muvofiq ekanini bilib oling. Yakunda sizni yoqimli bonus kutmoqda: Mastercard kartasi bilan to‘lov qilganda beriladigan keshbeklar va maxsus takliflar haqida so‘z yuritamiz.
Dilkash odamlar, mazali taom, dasturxon atrofida suhbatlar va go‘yoki eski qadrdonlar bilan uchrashgandek bo‘lish — mana shu muhim.
Masshtabni sevaman, o‘ta zamonaviylik, keng qamrov — ko‘zlar quvnasin va storisda ko‘rsatishga arzisin.
Asosiysi — arzon, iliq dengiz, basseyn yonida shezlong va all-inclusive. Va bularning hammasi ortiqcha tashvishsiz bo‘lsin.
Ko‘nglim go‘zallik, ilhom va nafosatni istaydi: muzeylar, tor ko‘chalar, ko‘prikchalar, pitsa va pasta — hammasi kinodagidek.
Hashamat, osmono‘par binolar, maksimum ko‘ngilochar tadbirlar va foto uchun lokatsiyalar.
San’at, me’morchilik va jahon brendlari do‘konlarida foydali shoping.
Shinam plyaj, bir olam mazali taom va betashvish kunlar.
To‘kin dasturxon, pechda pishgan xachapuri hidi va eski shahar bo‘ylab xotirjam sayr.
Eng baland osmono‘par binoning tomosha maydoniga — dunyo “tomida” selfiga tushgani.
Plyaj yoki hammomga — yaxshilab hordiq chiqarib, orom olish uchun.
Xinkali oshxonasiga yoki degustatsiyaga — mahalliy taomlarni tatib ko‘rgani.
Muzey, galereya, lyuks autletga yoki shunchaki eski mavzelar bo‘ylab sayr qilishga.
Shinam balkonda tonggi espresso beriladigan tarixiy mehmonxonadagi o‘rin.
Shahar manzarasi yaqqol namoyon osmono‘par binoning 59-qavatidagi zamonaviy apart-mehmonxona.
Oilaviy muhitga ega, egalari mazali taomlar manzillari bilan o‘rtoqlashadigan mehmon uyi.
Shved stoli va har kuni yangi sochiqlar beriladigan, dengizga qaragan shinam mehmonxona.
Milliy taomlarga to‘la katta stol atrofida, baxtli odamlar qurshovida.
Shlyapada va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynakda, plyaj fonida.
Futuristik bino fonida yoki ajoyib attraksionlar parkida.
Qo‘lda lavanda guldastasi yoki muzqaymoq bilan, qadimiy uy yonidagi toshli zinada.
Jipda sahro bo‘ylab sayr, barxanlar orasida quyosh botishi va hayratlanarli osudalik.
Hovlilar, ko‘priklar va jinko‘chalarda adashib qolganingiz va yo‘l ko‘rsatkichlarda yozilmaydigan, asriy tarixga ega qahvaxonaga duch kelganingiz.
Qadah so‘zlari ketma-ket aytilgan va har biri kichik bayramdek bo‘lgan kechki taom.
Plyajda xotirjam yotganingiz va hech qayerga shoshmaganingiz.
Dengizga qaragan terrasada, to‘lqinlar shovqinida, hech qanday rejalarsiz, osuda kechki taom tanovuli.
Milliy musiqa sadolari ostida notanishlar bilan kulgi va suhbatlarga boy, tugashini istamaydigan ziyofat.
Katta shahar chiroqlari ostida, peshoynalar bo‘ylab sayr, ko‘ngil ochish markazida aql bovar qilmas o‘yin-kulgi va ajoyib tom ustidagi bar.
Qadimgi maydondagi shinam restoranda pasta, jonli musiqa va o‘zingizni film bosh qahramoni deb his qilish.
Quyidagilar uchun juda mos: oilaviy, juftlikda yoki yolg‘iz, maksimal qulaylikda dam olish.
Quyidagilardan, albatta, sinab ko‘ring: hammom, kabob, Bosfor bo‘ylab sayr.
Sizning yo‘nalishingiz — Turkiya: charaqlagan quyosh, iliq dengiz, mazali taomlar va maksimum qulaylik. Siz dam olishning qadriga yetasiz va undan oriqcha tashvishlarsiz zavq olishni bilasiz.
Turkiya sizni shinam plyajlar, sharqona muhit va “all inclusive” darajasidagi servis bilan kutib oladi, Mastercard esa, dam olishingiz yanada yoqimli bo‘lishi uchun, maxsus keshbek va bonuslar taklif etadi.
Quyidagilar uchun juda mos: do‘stlar bilan yoki yangi tanishuv maqsadidagi sayohat.
Quyidagilardan, albatta, sinab ko‘ring: xinkali, Marani’da degustatsiya va Kazbekka chiqish.
Gruziya — har bir kun tog‘lar tafti, xachapuri hidi va asl mehmondo‘stlik bilan limmo-lim to‘lgan mamlakat. Nafaqat quyosh, balki insonlarning samimiyligidan ham qalbingizga iliqlik yuguradigan, har bir ziyofat — shodiyona bo‘lgan joy sizni rom qilishi aniq.
Siz sayohatlardan hissiyotlar, jonli muloqot va haqiqiy samimiylikni izlayapsizmi, dam olish nafaqat chin qalbdan, balki foydali ham bo‘lsinmi — bunday holda Mastercard mintaqada foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus chegirmalar va bonuslarni taklif etadi.
Quyidagilar uchun juda mos: qisqa hafta yakuni yoki modadagi sayohat.
Quyidagilardan, albatta, sinab ko‘ring: sahroda safari, Burj Xalifada kechki ovqat va La Mer plyajida quyosh botishi.
Aftidan, siz hammasi: xonadan ko‘rinadigan manzaradan tortib to yaxshi sacdo markazlaridagi shopinggacha “voh!” bo‘lishini istaysiz. Demak, sizni BAA — ulardagi qamrov, jo‘shqinlik va premium qulaylik kutadi. Jomadonni tayyorlang — Instagram’ingiz yashnab ketishi muqarrar.
Dam olish yorqingina emas, balki foydali ham bo‘lishi uchun Mastercard kompaniyasi kartalar sohiblariga atab noyob takliflar ishlab chiqdi, ular dirhamda to‘langan har bir xaridda amal qiladi.
Quyidagilar uchun juda mos: romantik sayohat, solo-tur yoki madaniy uikend.
Quyidagilardan, albatta, sinab ko‘ring: tongda Rim bo‘ylab sayr, Uffitsi galereyasi va ko‘cha kafesida tiramisu.
Italiya aynan sizni — go‘zallikning, ajoyib muhit va nafis shopingning haqiqiy shaydosini kutmoqda. Siz uchun sayohat — bu shunchaki ta’til emas, balki ilhomlanish va yangi mazmunlarga boyish usuli.
Lyuks autletlar, me’morchilik, muzeylar va sanoqsiz katta-kichik kashfiyotlar. Italiya har lahzadan lazzat olishni bilganlar uchun yaralgan. Dam olish chiroyligina emas, foydali ham bo‘lishi uchun Mastercard kartalarida ko‘plab bonuslar va yoqimli takliflar sizga muntazir — toki sayohatda hatto to‘lov ham zavq keltirsin.
Mastercard premial kartalari — bu har bir safardagi imtiyozlar: sug‘urta, fast-trek, rouming va boshqa ko‘plab imkoniyatlar. Tafsilotlar — saytda.
Reklama.