Anons

GameDev Goethe

E’lon qilingan sana· 18
GameDev Goethe

Gyote instituti hududida beshinchi an’anaviy “GameDev Gyote” inkubatorining ochilishi boʻlib oʻtadi.

Har yili ushbu loyiha doirasida yangi jamoalar oʻnlab qiziqarli oʻyinlarni yaratib, ularni keng auditoriyaga taqdim etadi va sovrinlarni qoʻlga kiritadi.

“GameDev Goethe” (GDG) Oʻzbekistonda bepul tadbir boʻlib, oʻyin ishlab chiquvchilar uchun ilhomlantiruvchi muhit yaratadi. U turli darajadagi tajribaga ega odamlarni birlashtiradi va fikr almashish, hamkorlik va oʻzaro oʻrganishni ragʻbatlantiradi.

GDG da mamlakatning istalgan hududidan boʻlgan qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin. Ularga uch-toʻrt oy ichida ushbu tanlov mavzusiga mos oʻyin yaratish imkoniyati beriladi.

Eng yaxshi oʻyin yaratuvchilari “GeForce RTX” videokartalari bilan taqdirlanadi.

Tadbirda ishtirok etish bepul. Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Loyihada oflayn va onlayn rejimda ishtirok etish mumkin. Markaziy Osiyoda yashovchi dasturchilar qatnashishi mumkin.