Yangi yil taʼtillarida miriqib o‘qish va tinglash uchun 5 ertak

E’lon qilingan sana· 645
Yangi yil taʼtillarida miriqib o‘qish va tinglash uchun 5 ertak

Bolaligimizda yangi yil yaqinlashishi bilan o‘z-o‘zidan moʻjizani orziqib kuta boshlardik. Bugun esa bu kayfiyatni ongli ravishda o‘zimiz yaratamiz. Bu ishda sizga ko‘mak berish uchun Litres kitob servisi bayram shukuhini bera oladigan 5 ta ajoyib elektron va audiokitoblarni saraladi. Ushbu kitoblarning baʼzilari o‘zbek mualliflari qalamiga mansub bo‘lsa, qolganlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

“Anubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari”, Madina Muminova

Toshkentdagi ko‘plab ijodiy loyihalar tashkilotchisi, yozuvchi va jurnalist Madina Muminova bolalarga murakkab narsalar haqida oddiygina qilib gapirib berishni uddalaydi. U intervyulardan birida oldingilarga qaraganda ancha ongli va erkin bo‘lgan yosh avlodga ishonchi balandligini maʼlum qilgandi. Shu ishonch ekologiya muammolariga bag‘ishlangan “Qahramonlar davri” bolalar kitoblar turkumini yoza boshlashiga turtki bo‘ldi. Uning bosh qahramonlari jasur chumchuq Robik va uning dugonasi xo‘jasavdogar Saya brakonyerlar kimlar ekanidan xabar topib, bu yovuzlarga qarshi kurashishga qaror qilishadi. Brakonyerlarning qudratli yo‘lboshchisi Anubis Maymunus shafqatsiz yovvoyi maymunlar qabilasining boshlig‘i bo‘lib chiqadi (afsus, baʼzi insonlar ham o‘zlarini shu maymunlardek tutishadi). Lekin kuchlar teng emas, axir qanday qilib ikkita kichkina qushcha yirik hayvonlarning butun boshli to‘dasiga bas kela oladi? Lekin bu hayotda zo‘ravonlargina yutib chiqmaydi, Robik va Sayaning rahmdilligi hamda boshiga kulfat tushgan noyob hayvonlarga yordam berish istagi ulardan ustun chiqadi. Bu bolalarga jiddiy ekologik muammolar haqida so‘zlab berib, nima sababdan bu mavzuga befarq bo‘lmaslik kerakligini tushuntirira oluvchi qiziqarli, taʼsirchan hamda maroqli ertakdir.


“Yangi yil oldidan samoviy sayohat”, zamonaviy ertak

Uyingizga yangi yil kayfiyatini olib kiruvchi o‘zbek tilidagi bu ajoyib audiokitob jajji tinglovchilarni qiziqtirib qo‘yishi aniq. Ertakda yangi yil arafasida sehrli sarguzashtlarni boshidan kechiruvchi 7 yoshli bolakay Kamilius haqida so‘z boradi. Qizig‘i, u oddiy bola emas, balki o‘zga sayyoralik. Kamiliusning do‘stlari g‘am g‘aroyib — ular o‘zga sayyoralar va galaktikalardan kelishgan. Audiokitob yosh bolalar uchun sifatli kontent yaratuvchi Novda Edutainment kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Uni eshitar ekansiz, ovozning sifatiga: chiroyli musiqa, atrof-olamning haqqoniy tovushlari va albatta professional aktyorlarning ovozlariga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q. Bularning bari bolakayning didini kichikligidan shakllantirishga yordam beradi.


“Qorqiz”, rus xalq ertagi

Yana bir o‘zbek tilidagi yangi yil audiokitobi qordan yasalgan qiz — Qorqiz haqida hikoya qiladi. Qorqizning taqdiri fojeali yakun topuvchi xalq ertagi original syujetidan farqli o‘laroq ertakning bolalarga atalgan bu variantida hammasi yaxshi yakun topadi.

Qorqiz moʻjizalarga ishongani uchun ham u bilan kutilmagan moʻjizalar ro‘y beradi! Audio-ertak bor-yo‘g‘i 12 daqiqa davom etadi, demak bir joyda o‘tira olmaydigan eng sho‘x bolakay ham, uni tinglash uchun diqqatini jamlay oladi. Audiodagi saund alohida eʼtiboringizga arziydi — u sizni o‘ziga rom etadi! Badiiy so‘z ustasining yoqimli ovozi, bo‘ronning izillashi, sumalaklarning jarangi… Bolalar bilan birga bu audiokitobni tinglab, yangi yilning sehrli atmosferasini uyingizga olib kiring.


“Ayiq va shamol”, chukot xalq ertagi

Bolalar bilan birga turli xalqlar ertaklarini o‘rganish — juda maroqli! Bu ertaklarda o‘ziga xos milliy kolorit, hikmat va nasihatlar bor. Biz sizga “Ayiq va shamol” chukot halq ertagini o‘zbek tilida tinglashni tavsiya qilamiz. Unda ayovsiz shimol shamolining oq ayiqqa yordamga kelgani tasvirlangan. Ayiqchi? Do‘sti mushkul ahvolga tushib qolgan paytda unga yordam qo‘lini cho‘zmaydi. Albatta ertak so‘ngida adolat qaror topadi, ayiq bo‘lsa yaxshigina dars oladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga atalgan ertak bir-biridan yordamni ayamaslikka, o‘zgalar dardini his qilish va kechira olishga o‘rgatadi.


“Sehrlangan qirolicha”, rus xalq ertagi

Bu qiziqarli rus xalq ertagida sehrlangan qirolichani jasur askar jodudan qutqaradi. Askar qirolichani afsundan halos qilgach, bu go‘zal qizga uylanadi. Lekin juftlikning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmaydi — alvasti va ajinalar sevishganlarning baxtiga rahna solmoqchi bo‘ladi. Yovuz kuchlarga bas kelish uchun askar bor zehni va shijoatini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Bunda esa unga sodiq do‘stlari, oti va hatto o‘rmon hayvonlari yordam beradi. Askar dilbar qirolicha bilan birgalikda ko‘plab sinovlarni boshdan kechiradi, ertakning oxiri esa albatta chiroyli yakun topadi. Bu optimistik ruhdagi ertakni o‘zbek tilida tinglash imkoniyatini sizga bizning servis taqdim etadi. Aytgancha, yarim soat davom etuvchi ertak nonushta payti yoki mashinada tinglash uchun ayni muddao.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ