Kitob asosida suratga olingan 2024-yil filmlari

E’lon qilingan sana· 837
Kitob asosida suratga olingan 2024-yil filmlari

Kitoblar, komikslar koʻpincha ajoyib filmlarning yaralashi uchun poydevor boʻladi. Chunki kitobning oʻzi odamlarning koʻnglidan joy olmagunicha, u asosida film suratga olish hech kimning xayoliga kelmaydi. Demak faqat “ommaviylik filtri"dan muvaffaqiyatli oʻtgan asarlargina kino adaptatsiya qilinadi. Xoʻsh, 2024-yilda bizni qanday kitoblar va komikslarning adaptatsiyasi kutmoqda. Bugun shu haqda gaplashamiz.


Usta va Margaritа

Kitob: “Usta va Margarita”, Mixail Bulgakov

Premyerasi 25-yanvar kuni boʻlib oʻtdi.

Bulgakovning afsonaviy asari yana bir bor film koʻrinishiga keltirildi. “Usta va Margarita” oldin ham kino adaptatsiya qilingan, faqat u versiyasi biroz eskiroq, yangi avlod esa faqat zamonaviy filmlarni koʻrishga odatlanishgan. Demak, ushbu asar asosida qaytadan, zamonaviy koʻrinishda film suratga olish gʻoyasida mantiq bor. Ammo filmni koʻrmasdanoq, kitobxonlar oʻz fikrida qolishi aniq: “Filmlar hech qachon kitobidan yaxshiroq boʻlolmaydi”.


Dyuna II

Kitob: “Dyuna”, Frenk Gerbert

Premyera sanasi: 1-mart

Deni Vilnev tomoshabinlarni choʻldan iborat sayyora Arrakisga qaytaradi, u yerda Pol Atreides “qumlarda omon qolishni uddalay olgan” degan ma’ni anglatuvchi Muad’Dib ismini qabul qiladi.

Umuman “Dyuna” fantastika va fentezi janrlari ishqibozlari uchun juda qadrli asar. Va soʻzsiz, ushbu film 2024-yilning eng kutilayotgan premyeralaridan biri.


Мадам Паутина (Madame Web)

Komiks: The Amazing Spider-Man #210

Premyera sanasi: 14-fevral

“Madam Web” — bu Marvel`ning yangi kinokomiksi. Film Kassandra “Kessi” Uebbning qobiliyatlari va kelib chiqishi haqida hikoya qiladi.

Xoʻsh, bizda “Oʻrgimchak-odam” haqidagi filmlar seriyasi bor edi, endi biz unikiga oʻxshash qobiliyatlarga ega mutlaqo yangi qahramonni koʻramiz.


Onegin

Kitob: “Yevgeniy Onegin”, Aleksandr Pushkin

Premyera sanasi: 7-mart

Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asarining yangicha koʻrinishi. Asosiy qahramon oʻziga meros qolgan xonadonda tarkidunyochilik bilan shugʻullanadi, qoʻshnilaridan qochadi… Yevgeniyni bunday holatdan nima olib chiqishi mumkin?


Kosmonavt

Kitob: “Bogemiyalik kosmonavt”, Kalfarj Yaroslav

Premyera sanasi: 1-mart

Ushbu filmda bosh rolni Adam Sendler o‘ynagan. Film navbatdagi missiyasidan qaytguncha Yerda uni kutayotgan rafiqasini koʻra olmasligi mumkinligini anglab yetgan kosmonavt haqida. Erkak bu haqida oʻylar ekan, u oʻz kemasining ichki qismida sirli qadimiy mavjudotni topadi.


Argayl

Kitob: “Argylle”, Elli Konvey

Premyerasi 1-fevral kuni boʻlib oʻtdi.

“Argayl” 2024-yilning eng noodatiy kinoloyihalaridan biri boʻlib, rejissyor Metyu Von tomonidan suratga olingan josuslar haqidagi filmdir. U film suratga olinishi e’lon qilingan paytda kitobi hali nashr etilmagan edi va uning muallifi syujetning bosh qahramoni hisoblanadi. Elli Konvey aygʻoqchilar haqida romanlar yozadi va kamdan-kam hollarda uyini tark etadi. Bir kuni u haqiqiy josuslar olamiga tushib qoladi…


Prissilla: Elvis va men

Kitob: “Elvis and Me”, Prissilla Bolyer Presli

Premyerasi 25-yanvar kuni boʻlib oʻtdi.

Sofiya Koppolaning Prissilla Presli xotiralari asosida suratga olgan biografik filmi 2023-yilda Venetsiya kinofestivalida namoyish etildi. Rok-n-roll qirolining hayotidagi asosiy ayolning taqdiri haqidagi ushbu filmning premyerasi 2024-yil boshida boʻlib oʻtdi.

Film Elvis Preslining rafiqasi tomonidan yozilgan avtobiografik kitob asosida suratga olingan.


Mikki 17

Kitob: “Mikki-7”, Eshton Edvard

Premyera sanasi: 29-mart

Ushbu filmning asosi hisoblanuvchi kitobning chiqqaniga hali koʻp boʻlmadi. Lekin darhol oʻz muxlislariga ega boʻldi. Film suratga olinishi e’lon qilinib, undagi asosiy qahramon rolini Robert Pattinson ijro etishi e’lon qilingach esa premyeraga boʻlgan ommaviy qiziqish yanada ortdi.

Mikki laqabli inson bortida 200 nafar kolonisti boʻlgan Drakkar kosmik kemasida ishlaydi. Unga aniqlanmagan sayyoralarda xavfli razvedka missiyalari ishonib topshirilgan. Agar u vafot etsa, bioprinter yordamida klon yaratiladi. Umuman olganda, yaxshi kunlarning birida kolonistlar Mikkining oldingi versiyasi hali tirik boʻlgan holda uning yana bir nusxasini yaratishadi…


Deadpool 3

Komiks: “Wolverine Vs. Deadpool”, Shelvi Deklan

Premyera sanasi: 26-iyul

Bu mutatsiya natijasida tezda qayta tiklanish qobiliyatiga ega boʻlgan killer Dedpul haqidagi hikoyaning davomi. Qahramon Rassomaxa bilan uchrashadi, ular mutlaqo bir-biriga oʻxshashmaydi. Ushbu superqahramonlarning muxlislari bu duetni orziqib kutishgan boʻlishsa ajab emas.


Joker: Ikki kishi uchun telbalik

Komiks: “Oʻldiradigan hazil”, Alan Mur

Premyera sanasi: 2-oktabr

Rejissyor Todd Fillips Arkham boshpanasida qolgan Artur Flek/Jokerning dahshatli hikoyasini davom ettiradi. U yerda u Xarli Kvinning psixiatri bilan uchrashadi. Vaqt oʻtishi bilan uning gʻayrioddiy bemorga boʻlgan qiziqishi jiddiy tuygʻuga aylanadi. Gotham ushbu juftlikning shahar uchun yangi muammoga aylanishini hali bilmaydi.


Kreyven-ovchi

Komiks: “Kraven the Hunter”

Premyera sanasi: 30-avgust

Marvel`dan yana bir kinokomiks. Ushbu film Kreyven ovchi nomi bilan mashhur Sergey Kravinoffga bagʻishlanadi. U gʻayritabiiy qobiliyatga ega boʻladi. Bu qahramon, shuningdek, yangi “Oʻrgimchak odam” filmida ham paydo boʻlishi kutilmoqda.


Venom 3

Komiks: “Venom. Toʻliq toʻplam”, Uey Deniel

Premyera sanasi: 8-noyabr

Tom Hardi jurnalist Eddi Brok/Venom rolida ekranga qaytmoqda. Uchinchi qism syujeti haqida hozircha aniq ma’lumot yoʻq. Biroq, koʻpchilik Venomning yangi sarguzashtlari Oʻrgimchak odam bilan bogʻliq boʻlishini kutishmoqda.


Paddingtonning sarguzashtlari 3

Kitob: “Paddington sayohat qiladi”, Maykl Bond

Premyera sanasi: 8-noyabr

Londonlik ayiq Paddington haqidagi uchinchi film taxminan 2024-yil oxirida chiqishi kutilmoqda. Bu safar qahramon o‘zining tarixiy vatani Peruga Keksalar uyida yashovchi sevimli xolasi Lyusini ko‘rish uchun boradi.


Uzuklar hukmdori: Rohirrimlar urushi

Kitob: “Silmarillion”, Jon Ronald Ruel Tolkin

Premyera sanasi: 14-dekabr

Tolkinning “Uzuklar hukmdori: Rohirrimlar urushi” dostoniga asoslangan kutilmagan toʻliq metrajli anime film. Anime janridagi ushbu asar “Xobbit” va “Uzuklar hukmdori” filmlari voqealaridan 200 yil oldingi dunyoni koʻrsatadi. Hikoya Rohan qiroli Helm Hammerxandning jasoratlari va Helm qal’asi qanday qurilgani haqida hikoya qiladi.


Nosferatu

Kitob: “Drakula”, Brem Stoker

Premyera sanasi: 25-dekabr

“Nosferatu” filmi 2025-yil kirib kelishidan oldin chiqishi kutilmoqda. Bu Brem Stokerning “Drakula” romani asosida suratga olingan avvalgi ikkita filmning remeyki.


Zumrad shahar sehrgari

Kitob: “Zumrad shahar sehrgari”, Aleksandr Volkov

Premyera sanasi: 26-dekabr

Aleksandr Volkov tomonidan yozilgan “Zumrad shahar sehrgari” ertagining zamonaviy kino adaptatsiyasi. Elli ismli qiz uzoqlarda joylashgan bir shaharda yashaydi. Bir kuni yovuz jodugar Gingema sehr ishlatib, Elli va uning iti Totoshkani boshqa mamlakatga olib ketdi. Uyga qaytish uchun Elli oʻzining yangi doʻstlari bilan birga sariq gʻishtli yoʻl boʻylab Zumrad shaharga borishi — u yerda ularning orzularini amalga oshiradigan sehrgarni topishlari kerak.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ