Hafta artisti: Dua Lipa

E’lon qilingan sana· 1 889
Hafta artisti: Dua Lipa

Bu — Afisha.uz'ning har hafta e’lon qilib boriladigan “Hafta artisti” rukni. Unda biz bir ijodkorni tanlab, u haqida qisqacha ma’lumot va e’tiborga molik treklarini ulashib boramiz. Bu, o‘ylaymizki, uzoq davom etadi va siz yangi artistlarni kashf qilasiz, avvaldan tanish bo‘lganlarini esa yaqinroq bilib olishingiz va qo‘shiqlarini qayta tinglashingiz mumkin bo‘ladi. “Hafta artisti"ning navbatdagi qahramoni — Dua Lipa.


Dua Lipa va uning ijodi

Dua Lipa 1995-yilning 22-avgustida Buyuk Britaniyaning London shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi asli albaniyalik boʻlib, 1990-yil boshida Londonga koʻchib oʻtishgan. 2008-yilda Kosovo Serbiyadan mustaqil boʻlganida Lipa oilasi yana Albaniyaga qaytgan, ammo Dua 15 yoshida musiqa bilan shugʻullanishni davom ettirish uchun yana Britaniyaga qaytadi. Qizaloq otasi Dukagjina Lipaning qoʻshiqlari bilan katta boʻlgandi, shu sababli unda ham bu yoʻnalishga mehr uygʻongan.


Dua Lipa va onasi

Xonandaning ismi, ya’ni Dua alban tilida “Sevaman”, “Xohlayman” kabi ma’nolarni anglatadi. Dua 14 yoshidan oʻzining sevimli musiqalarini kaver qilib, YouTube’ga yuklab borgan. Xonanda asosan pop musiqiy yoʻnalishida ijod qiladi, uning oʻzi qoʻshiqlarini darkpop deb ataydi.

2015-yilda Lipa “Warner Bros. Records” leybli bilan debyut “New Love” albomini yozdi. Oʻsha yilning oktabrida “Be the one” singli ham chiqarilgan.

2016-yilning birinchi yarmida Dua yana ikki qoʻshiq, ya’ni “Last Dance” va “Hotter than Hell” singllarini chiqargan. Ikkinchi trek dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan va bir nechta chartlarni zabt etgan.

2016-yil Dua Lipa uchun ham omadli keladi. Avgust oyida chiqarilgan “Blow your mind” treki yuqoridagilardan-da mashhur boʻlib, Yevropa, Amerika davlatlari va umuman dunyo boʻylab eng mashhur chartlarga, TOP-100 lik roʻyxatlardan joy olgan. Bu qoʻshiqni siz ham aniq eshitgansiz.

Bir yil uchun ketma-ket xit chiqarish faqatgina Xamdam Sobirovda uchramaydi, Dua Lipa ham shunday qilgan: oʻsha mashhur “No Lie” dueti ham 2016-yilda chiqqan. Shon Pol (Sean Paul) bilan kuylangan trekni hali koʻpchilik unutmagani fakt, hozirgacha YouTube’da ushbu qoʻshiqqa ishlangan klip 1,2 mlrddan ortiq koʻrilgan.

2017-yilda Dua Lipa yana bir xit — “New Rules"ni e’lon qildi. Bu trekka koʻp ta’rif berib oʻtirish shart emas. “New Rules” chiqqan vaqtdayoq bir nechta davlatda eng koʻp tinglangan qoʻshiqlar qatoriga kirgan, qoʻshiq hozirgi kunga qadar eng koʻp sotilgan singl boʻladi va turli mamlakatlarda top 10 ga kirishga muvaffaq boʻlgan, jumladan Avstraliyada 2-oʻrin va Kanadada 7-oʻrin, shuningdek AQShda 11-oʻrinni olgan.

Dua shu yili “British Female Solo Artist”, “British Breakthrough Act”, “MasterCard British Album of the Year” (Dua Lipa), “British Single of The Year (“New Rules”) va “British Video of The Year” (“New Rules”) nominatsiyalarida gʻolib boʻlgan.

2017-yil dekabr oyida Lipa “Spotify” striming xizmatida Buyuk Britaniyalik foydalanuvchilar tomonidan eng koʻp tinlangan ayol ijodkor boʻlgan. Toʻrtta singl 2017-yilning eng yaxshi oʻnligiga kirishga muvaffaq boʻldi: “Be the one”, “Bridge over Troubled Water”, “New Rules” va “No Lie”.

2019-yil 1-noyabrda navbatdagi ikkinchi albomdan “Don't Start Now” singli chiqqan. Boʻlajak albomning ikkinchi singli 2020-yil 30-yanvarda chiqarilgan “Physical” edi. Uchinchi singl “Break My Heart” 25-mart kuni chiqdi. “Future Nostalgia” albomining taqmoti 2020-yil 27-martda boʻlib oʻtdi. Iyul oyida undagi “Hallucinate” qoʻshigʻi singl sifatida chiqdi.

2023-yilda Lipa “Barbi” saundtreki — “Dance the Night” ni taqdim etdi, xonanda ushbu kinoda rol ham ijro etgan. Oʻsha yilda Dua oʻzining yangi “Houdini” singlini ham chiqardi.

Boshqa e’tiborga molik qoʻshiqlar

“One Kiss” (feat Kelvin Harris)

Bu qoʻshiqni futbol, ayniqsa “Liverpul” muhlislari juda yaxshi bilishi tabiiy.

“Levitating”

“Don't start now”

“Physical”

“Swan Song”

“New Love”

“We are good”