"Men zoʻravonlikka qarshiman": Diyora Keldiyorova ijtimoiy rolikda suratga tushdi

E’lon qilingan sana· 176
"Men zoʻravonlikka qarshiman": Diyora Keldiyorova ijtimoiy rolikda suratga tushdi

Parijda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarining dzyudo bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritgan Diyora Keldiyorova ijtimoiy rolikda suratga tushdi. Video Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy rolik 25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan suratga olingan.

Rolikda Diyora Keldiyorova ikki xil obrazda tasvirlanadi. Ularning birinchisida baxtsiz hayot va zoʻravonlikka uchraydi. “Bu mening hayotim emas. Men kurashchiman, men zoʻravonlikka qarshiman”, — deydi sportchi.

Shundan soʻng uning zoʻravonliksiz hayoti namoyish etiladi. “Biz oʻzimiz va farzandlarimiz hayoti uchun kurashamiz”, — deydi Olimpiada chempioni.

Avvalroq Diyora Keldiyorova yozgi Olimpiadalar tarixida oltin medal qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik ayolga aylangani haqida xabar berilgandi.