Estrada xonandasi Baxtiyor Sultonov vafot etdi

E’lon qilingan sana: · 754
Estrada xonandasi Baxtiyor Sultonov vafot etdi

Estrada xonandasi Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Sultonov 1965-yil 15-fevralda tug‘ilgan. Xonanda “Toshkent” guruhi vakili boʻlgan. Shuningdek, “Bedana”, “Do‘st”, “Dildorim”, “Sut sog‘uvchi oybodoq” kabi qo‘shiqlari xalqqa tanish hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling