Tom Holland va Zendaya unashtirildi

E’lon qilingan sana· 3 717
Tom Holland va Zendaya unashtirildi

Aktyor Tom Holland va aktrisa Zendaya unashtirilganini e’lon qildi. 28 yoshli aktyor Yangi yil bayrami oldidan Zendayaning qoʻlini soʻragan. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, aktyor katta shou uyushtirmagan. Bu paytda Holland va Zendaya yolg‘iz boʻlgan. 28 yoshli aktrisa “Oltin globus — 2025” taqdirlash marosimiga nikoh uzugi bilan kelgan.

Ma’lumot uchun, Holland va Zendaya Gollivudning eng koʻp muhokama qilinadigan juftliklaridan biri boʻlsa-da o‘zlarining munosabatlarini kamdan-kam hollarda izohlaydi. Ularning toʻyi qachon boʻlishi boʻyicha xabar berilmagan.

Holland va Zendaya 2017−2021 yillarda “Oʻrgimchak odam” trilogiyasida birga rol ijro etgan. Juftlik 2021-yilda uchrashishni boshlagan.