Munisa Rizayeva oʻg'liga atab qoʻshiq aytdi
E’lon qilingan sana: · 11 319

Xonanda Munisa Rizayeva farzandli boʻlgandan soʻng birinchi qoʻshigʻini e’lon qildi va u oʻgʻliga bagʻishlandi.
“Azizlarim, katta muhabbat bilan birgalikda yaratgan yangi klipimizni taqdim etishdan baxtiyorman! Uni butun dunyo bolalariga va oʻzimning sevimli farzandimga bagʻishlayman, chunki bolalar — bu eng katta baxtdir”, deyiladi klip boshida.
Klipda xonandaning muxlislari yuborgan bolalar suratlari ishlatilgan. Eng soʻnggida esa Munisa Rizayevaning farzandi bilan tushgan rasmi namoyish etiladi.
'
Ma’lumot uchun, Munisa Rizayeva haligacha Argentinada boʻlib turidi.