Rejissyor Devid Linch 78 yoshda vafot etdi

Amerikalik rejissyor Devid Linch 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda ijodkorning oila a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
“Tvin Piks” seriali va “Malxolland Drayv” filmi muallifi boʻlgan Linch 1946-yilda Montana shtatining Missula shahrida tug‘ilgan. U o‘z faoliyatini animatsiya va eksperimental san’atdan boshlagan. Uning debyut filmi “Yumshoq bosh” 1977-yilda chiqqan.
Linch o‘zining syurrealistik uslubi bilan mashhur bo‘lib, “Синий бархат”, “Человек-слон”, “Дикие сердцем”, “Шоссе в никуда”, “Твин Пикс: Сквозь огонь”, “Дюна”, “Простая история”, “Внутренняя империя” va boshqa kinokartinalarni suratga olgan. Linchning so‘nggi ishi, “Что сделал Джек?” nomli qisqa metrajli oq-qora film 2020-yilda Netflix platformasiga chiqqandi.
So‘nggi yillarda rejissyor uzoq vaqt chekkani tufayli surunkali o‘pka emfizemasi tashxisi qoʻyilgandi. Los-Anjelesdagi yong‘inlar paytida Linch oilasi bilan uyidan evakuatsiya qilingan.