Zimmer Saudiya Arabistoni madhiyasining yangi versiyasi ustida ish olib boradi

E’lon qilingan sana· 664
Zimmer Saudiya Arabistoni madhiyasining yangi versiyasi ustida ish olib boradi

Ikki karra Oskar mukofoti sovrindori Hans Zimmer Saudiya Arabistoni madhiyasining yangi versiyasi ustida ish olib boradi. Mamlakat rasmiylari unga shunday taklif bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.

Saudiya Arabistonining ko‘ngilochar ishlar bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi Turki Al-Ash-Shayxning so‘zlariga ko‘ra, Zimmer loyihaning “umumiy xomaki"larini yaratishga rozi bo‘lgan.

“Biz, umid qilamanki, tez orada yaratiladigan koʻplab loyihalar haqida ko‘p gaplashdik. Jumladan, turli cholgʻu asboblarida ijro etiladigan Saudiya Arabistoni milliy madhiyasi haqida ham”, — deb yozdi amaldor oʻzining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shuningdek, u Zimmer bilan mamlakat madaniyati va xususiyatlaridan ilhomlangan “Arabiston” nomli musiqiy film, “juda katta konsert” va Saudiya Arabistonida chiqariladigan “Yarmuq jangi” filmining saundtrekini muhokama qilganini ta’kidladi.

Avvalroq Afisha.uz Hans Zimmer musiqa yozgan 15 ta mashhur film haqida ma’lumot bergandi.