The Weeknd oʻzining Harry Up Tomorrow nomli soʻnggi albomini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 130
The Weeknd oʻzining Harry Up Tomorrow nomli soʻnggi albomini e'lon qildi

Mashhur qo‘shiqchi The Weeknd oʻzining yangi albomini e’lon qildi. Harry Up Tomorrow deya nomlangan toʻplamdan soʻng u taxallus ostidagi faoliyatini yakunlaydi va o‘zining haqiqiy ismi — Abel Tesfaye nomida kuylashni boshlaydi.

Harry Up Tomorrow albomi 2020-yilda boshlangan trilogiyaning uchinchi va so‘nggi qismi hisoblanadi. U vaqtda The Weeknd After Hours to‘plamini chiqargan boʻlsa, 2022-yilda Dawn FM albomi e’lon qilingan.

Dastlab, Harry Up Tomorrow albomi 24-yanvarda chiqarilishi rejalashtirilgan, ammo Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli kechiktirilgandi.

Yangi albomdan 22 ta qoʻshiq oʻrin olgan. Ularning roʻyxati quyida keltirilgan.

  • Wake Me Up;
  • Cry For Me;
  • I Canʼt F**king Sing;
  • São Paulo;
  • Until Weʼre Skin And Bones;
  • Baptized In Fear;
  • Open Hearts;
  • Opening Nicht;
  • Reflection Laughing;
  • Enjoy The Show;
  • Given Up On Me;
  • I Canʼt Wait To Get There;
  • Timeless;
  • Nigara Falls;
  • Take Me Back To La;
  • Bic Sleep;
  • Give Me Mercy;
  • Drive;
  • The Abyss;
  • Red Terror;
  • Without A Warninc;
  • Hurry Up Tomorrow.

Ma’lumot uchun, ushbu albom asosida film ham ishlangan boʻlib, unda bosh rollarni Jenna Ortega va Barri Keoganlar ijro etgan. Kinokartina premyerasi may oyida boʻlib oʻtadi.