Ledi Gaga yangi albom oldidan Abracadabra qoʻshigʻi klipini e'lon qildi

Mashhur qoʻshiqchi Ledi Gaga oʻzining yangi “Mayhem” albomi premyerasi oldidan “Abracadabra” nomli qoʻshigʻining klipini e’lon qildi. U “Gremmi” mukofotini topshirish marosimida koʻrinish bergan.
Gaganing “Gremmi"dagi chiqishi oldindan ma’lum edi, ammo qo‘shiqchi nima tayyorlagani oshkor etilmagandi. Qoʻshiqchining so‘zlariga ko‘ra, videoda “Gaganing yorug‘ va qorong‘u tomonlari o‘rtasidagi raqs jangi” ko‘rsatilgan.
Klipga Gaganing oʻzi, Perris Gebel va Betani Vargas rejissyorlik qilgan. Ular birgalikda xoreografiya ustida ishlagan, sahnalashtirish uchun esa 40 nafar raqqos taklif qilingan.
Avvalroq Ledi Gaga “Mayhem” albomining premyerasi 7-mart kuni boʻlib oʻtishini ma’lum qilgandi. Bu qoʻshiqchining yettinchi studiyaviy albomi hisoblanadi. Gaganing so‘zlariga ko‘ra, “Mayhem” albomi “ilk muxlislari yaxshi ko‘rgan pop-musiqaga qaytish qo‘rquvi” tufayli paydo bo‘lgan.
Avvalroq qoʻshiqchi yangi albomdan oʻrin olgan ikkita qoʻshiqni — dekabr oyida “Disease” va 2024-yil avgust oyida Bruno Mars bilan duetdagi “Die With a Smile” qoʻshigʻini chiqargandi. “Mayhem” jami 14 ta kompozitsiyani o‘z ichiga oladi.