Kendrik Lamar va Beyonse benefisi: Gremmi mukofoti sovrindorlari aniqlandi

E’lon qilingan sana· 410
Kendrik Lamar va Beyonse benefisi: Gremmi mukofoti sovrindorlari aniqlandi

2-fevral kuni AQShning Los Anjeles shahrida 67-Gremmi mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda yilning eng yaxshi albomi Beyonsening “Cowboy Carter"i, Kendrik Lamarning “Not Like Us” singli esa yilning eng yaxshi qo‘shiq deb topildi. “Eng yaxshi yangi ijrochi” nominatsiyasida amerikalik pop-qo‘shiqchi Chappell Ron g‘olib bo‘ldi.

Beyonse XXI asrda “Yil albomi” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi qora tanli xonanda bo‘ldi. Ushbu nominatsiyaga u 2010-yildan beri to‘rt marta nomzod bo‘lgan. “Billboard 200” chartida birinchi o‘rinni egallagan “Cowboy Carter” 11 nominatsiyada taqdim etildi va eng yaxshi kantri albomiga aylandi. Qo‘shiqchida jami 35 ta “Gremmi” mukofoti bor.

Amerikalik reper Kendrik Lamarning Dreykka aytgan “Not Like Us” nomli dissi beshta yoʻnalishda mukofot qoʻlga kiritdi: “Yil audio yozuvi”, “Yil qoʻshigʻi”, “Eng yaxshi musiqiy video”, “Eng yaxshi rep-ijro” va “Eng yaxshi rep”.

Gremmi 2025 barcha gʻoliblari quyidagicha koʻrinish oldi:

  • Yil albomi: Beyonce — “Cowboy Carter”;
  • Yil audio yozuvi: Kendrik Lamar — “Not Like Us”;
  • Yil qo‘shig‘i: Kendrik Lamar — “Not Like Us”;
  • Eng yaxshi kantri albomi: Beyonce — “Cowboy Carter”;
  • Eng yaxshi yangi ijrochi: Chappell Ron;
  • Eng yaxshi musiqiy video: Kendrik Lamar — “Not Like Us”;
  • Eng yaxshi vokal pop albomi: Sabrina Karpenter — “Short n' Sweet”;
  • Eng yaxshi yakkaxon pop ijrosi: Sabrina Karpenter — “Espresso”;
  • Eng yaxshi raqs pop-yozuvi: Charli XCX — “Von Dutch”
  • Duet yoki guruh tomonidan eng yaxshi pop ijrosi: Lady Gaga va Bruno Mars — “Die With A Smile”;
  • Eng yaxshi an’anaviy vokal pop albomi: Nora Jons — “Visions”;
  • Eng yaxshi raqs/elektron audo yozuv: Justice & Tame Impala — “Neverender”;
  • Eng yaxshi raqs/elektron albom: Charli XCX — “Brat”;
  • Eng yaxshi R&B qo‘shig‘i: SZA — “Saturn”;
  • Eng yaxshi an’anaviy R&B ijrosi: Lucky Day — “That's You”;
  • Eng yaxshi R&B ijrosi: Muni Long — “Made For Me” (Live On BET);
  • Eng yaxshi rep ijrosi: Kendrik Lamar — “Not Like Us”;
  • Eng yaxshi Lotin Amerikasi pop albomi: Shakira — “Las Mujeres Ya No Lloran”;
  • Eng yaxshi rep: Kendrik Lamar — “Not Like Us”;
  • Eng yaxshi rep albom: Doechii Alligator — “Bites Never Heal”;
  • Eng yaxshi rok ijrosi: The Beatles — “Now and Then”;
  • Eng yaxshi metall ijro: Gojira, Marina Viotti & Victor Le Masne — “Mea Culpa” (! Ça ira!);
  • Eng yaxshi rok qo‘shig‘i: St. Vincent — “Broken Man”;
  • Eng yaxshi rok-albom: “Rolling Stones” — Hackney Diamonds;
  • Alternativ janrdagi eng yaxshi ijro: St. Vincent — “Flea”;
  • Eng yaxshi muqobil albom: St. Vincent — “All Born Screaming”;
  • Vizual media uchun eng yaxshi saundtreklar to‘plami: Leonard Bernstein London simfonik orkestri, Yannick Nézet-Séguin, Bradley Cooper
  • Vizual media uchun eng yaxshi saundtrek: Hans Zimmer — “Dune: Part Two”;
  • Duet/guruhning eng yaxshi kantri chiqishi: Beyonse va Mayli Sayrus II — “Most Wanted”;
  • Yilning eng yaxshi qo‘shiq muallifi: Emi Allen;
  • Eng yaxshi remiks: Mark Ronson -“Espresso”;
  • Yil prodyuseri: Daniel Nigro
  • Eng yaxshi musiqiy film: Jan Batist — “Amerika simfoniyasi”.