Massa, Minor va Shokir: "Freestyle 2" qoʻshigʻi e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 641

Massa “Freestyle 2” qoʻshigʻini e’lon qildi. Bu safar loyihada Shokir, Minor, Mubinlolo, The Bakh va Neltaxxlar ishtirok etgan.
Asl Wayne, Konsta, Ruhsora Emm, Abbbose, Dalimjonov va Massa ishtirokidagi “Freestyle” loyihasining muvaffaqiyatidan soʻng uning ikkinchi qismini chiqarishga qaror qilingan. Bu safar loyiha muallifidan (Massa) boshqa barcha ijodkorlar yangilangan, eng kutilmagan reper Minor boʻlgan.
Klipni YouTube’da tomosha qilish mumkin.
Avvalroq Shuhrat Allayorov Afisha.uz bilan 6 oy oldingi suhbatda “Freestyle 2” gʻoyasi allaqachon bor ekani va homiy topilmayotgani haqida gapirgandi.