"U vaqtda ishga boʻlgan munosabat boshqacha edi" — Adiz Rajabov

E’lon qilingan sana· 266
"U vaqtda ishga boʻlgan munosabat boshqacha edi" — Adiz Rajabov

Aktyor Adiz Rajabov YouTube platformasidagi “NamGap” loyihasidagi suhbati davomida “Oʻzimdan oʻzimgacha” filmida bir vaqtning oʻzida ikki inson rolini ijro etgani haqida gapirdi.

“Bir filmda ikkita rol oʻynash? Albatta, moliyaviy tomondan yaxshi boʻlgan. Lekin shuncha yil oʻtgandan keyin sarhisob qilsa, eslasa, u paytda ishga nisbatan boshqacha munosabat boʻlgan ekan. U vaqtda pul birinchi oʻrinda boʻlmas edi. Boʻlmasa, pul kerak edi, pul har doim kerak boʻlgan.

Lekin jarayondan mazza qilardik. Syomka qiyin boʻladimi, yana bir kun qoʻshiladimi, deb oʻylamas edik. Yana bir kun qoʻshilsa xursand boʻlar edik. Oʻsha vaqtdagi texnologiyalarda ikkita aktyorni bitta kadrda qoʻyish juda yaxshi natija boʻlgan. Bu narsaning rivojlanmasligi esa alohida mavzu", — dedi aktyor.

Shuningdek, u suhbat davomida kinodagi professionallikka ham toʻxtalib oʻtdi.

“Har bir ishda, har bir yoʻnalishda inson oʻz ishini bilishi kerak, bilmasa hammasi xaosga aylanadi. Kinoda masalan, ssenaristlar oʻz ishini bilmay turib yozadi. Ishini biladigan odam esa bogʻlamlar qanday qilinishi, hikoya qanday davom etishi kerak va tomoshabin buni qanday qabul qilishini ham biladi. Oddiy qilib aytganda, inson ishini bilishi kerak”, — deydi Adiz Rajabov.

Oldinroq Afisha.uz Adiz Rajabov rol ijro etgan filmlar haqida ma’lumot bergandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling