"Hech qachon o‘zimni go‘zal deb hisoblamaganman" — Billi Aylish

E’lon qilingan sana· 128
"Hech qachon o‘zimni go‘zal deb hisoblamaganman" — Billi Aylish

Qoʻshiqchi Billi Aylish “Vogue” nashrida e’lon qilingan maqolada Sabrina Karpenter, Chappell Roan, Charli XCX va Greta Gervig kabi taniqli shaxslar savollariga javob berdi.

Niki Minaj tomonidan berilgan savol Aylishga kuchli ta’sir qildi va u o‘zining tashqi ko‘rinishiga qanday munosabatda bo‘lishi boʻyicha shaxsiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu g‘alati savol bo‘lishi mumkin, lekin ba’zida juda chiroyli ekaning uchun noqulaylik his qilasan. Karyerang davomida yoki undan oldinroq odamlar seni ko‘rmasligini va faqat musiqangni tinglashini xohlagan vaqting boʻlganmi?”, — deya savol bergan Minaj.

“Niki, bu savol meni yig‘latishiga oz qoldi. Xo‘sh… savolning avvalida aytganingdek, men hech qachon o‘zimni go‘zal deb hisoblamaganman. Shuning uchun tashqi ko‘rinish ijodni oʻz soyasida qoldirishi mumkinligi haqidagi fikrlar bilan kurashishga majbur bo‘lmaganman. Men chindan ham go‘zal ekanimga o‘zimni ishontirishim kerak edi”, — deya javob qaytargan Aylish.

Shuningdek, intervyu davomida Billi Aylish karyerasi va shaxsiy hayoti oʻzgarib borgani uchun koʻp hollarda shubha, qo‘rquv va kuchli bosimni his qilganini aytdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling