Linkin Park rok guruhi Chempionlar Ligasi finalida chiqish qiladi
E’lon qilingan sana: · 139

Linkin Park rok guruhi 31-may kuni Myunxen shahrida joylashgan “Allianz Arena” maydonida Yevropa Chempionlar Ligasi finalida chiqish qiladi.
Qayd etilishicha, guruh o‘zining mashhur riflarini Chempionlar Ligasi ko‘rinishlari va mashhur musiqasi bilan birlashtirgan holda yangi remiksni yaratgan.
Linkin Park 2017-yilda vokalist Chester Bennington vafotidan keyin faoliyatini to‘xtatgandi.
2024-yil sentyabr oyida guruh yana birlashib, yangi a’zolarni vokalist Emili Armstrong va barabanchi Kolin Brittenni ommaga tanishtirdi. Shundan so‘ng, guruh “From Zero” albomini chiqargandi.