Munisa Rizayeva "Oka" deb nomlangan yangi klip e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 123

Xonanda Munisa Rizayeva oʻzining YouTube sahifasida 15-may kuni “Oka” nomli yangi musiqiy klip e’lon qildi.
Voqealar bir restoran ichida boʻlib oʻtadi. Unda Munisa Rizayeva oʻziga mos keladigan juft tanlashga harakat qilib, har xil odamlar bilan suhbatlashadi.
Klipda vaynerlar Bobur Mansurov va Ozod Hurramov, komik Qobil Karimberdiyev, qoʻshiqchi Azamat Yoʻldoshev va Munisa Rizayevaning oʻzi bosh rollarni ijro etgan.
Ushbu videoklip premyera qilinganidan 19 soat oʻtib, YouTube’da 244 mingdan ortiq koʻrildi.
Klipni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.