"Qiynama mani": Rishat guruhidan uzoq kutilgan yangi tarona
E’lon qilingan sana: · 656

X-Factor loyihasining 2-fasli gʻoliblari — koʻplab mualliflik va kaver treklari bilan tanilgan Rishat guruhi, koʻtarinki kayfiyatdagi yangi “Qiynama mani” qo‘shig‘ini tinglovchilarga havola etdi.
“Qiynama mani” — ikki inson uchun butun olamning markaziga aylanib qolgan otashin, bor vujudni qamrab oluvchi muhabbat mavzusini ochib beradi.
Musiqa Rishat, matn Ibrohim Jiyanovga, aranjirovka Jamshid Abdunazarov, ovoz yozish va mastering ishlari esa Vladimir Karpovga tegishli. Gitara partiyasini Furqat Vahobov, bas gitarani esa Farruh Vahobov ijro etgan.
Qoʻshiqni hozirda barcha musiqiy platformalarda mazkur havola orqali tinglash mumkin.