"Blackpink in your area", yoxud "Deadline" dunyo boʻylab gastroli

Bir qator muvaffaqiyatli yakkaxon loyihalardan so‘ng, BLACKPINK a’zolari 2025-yilda muxlislarini xursand qiladigan yangilik bilan qaytmoqda. Guruh o‘zining navbatdagi yirik jahon gastrolini e’lon qildi. Bu safar u “Deadline” nomi ostida o‘tkaziladi. YG Entertainment tomonidan tasdiqlangan ushbu gastrolda guruh a’zolari deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana to‘rtlik sifatida sahnaga chiqishadi.
BLACKPINK’ning “Deadline” nomli yangi dunyo boʻylab konsert dasturi 2025-yil 5−6-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Goyang shahridagi stadionda boshlanadi. Bu guruh a’zolari uchun 1 yil 10 oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor bir sahnada birlashish bo‘ladi. Gastrol davomida guruh a’zolari Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi yirik stadionlarda chiqish qilishadi. Guruh oʻzining instagram sahifasida tizer video post ham joylashgan.
Tasdiqlangan shaharlar qatoriga Los-Anjeles, Chikago, Toronto, Nyu-York, Parij, Milan, Barselona, London, Tokio va boshqa yirik megapolislardagi stadionlar kiradi. 27-may kuni qo‘shimcha konsertlar e’lon qilinib, Bangkok, Jakarta, Manila, Singapur, Tayvan va Gonkong kabi shaharlar ham konsert boʻladigan manzillar roʻyxatiga kiritildi. “Deadline"ning yakuniy bosqichi esa 2026-yil 16−18-yanvar kunlari Yaponiyadagi “Tokyo Dome” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Chiptalar sotuvi allaqachon boshlangan va xalqaro oʻrtacha narx chiptalari umumiy holda $79 dan $900 gacha oraliqda bo‘lib, joylashuv va paket turiga qarab farqlanadi. Ularni Weverse, LiveNation.asia va rasmiy hamkor saytlar orqali sotib olish mumkin.
Bundan tashqari, Blink’lar uchun muhim voqelardan BLACKPINK’ning 8 yilligi munosabati bilan “Our Area With Blink” nomli maxsus fan-sign tadbiri o‘tkaziladi.