Mirzabek Xolmedov satira teatriga direktor etib tayinlandi

8-iyul kuni madaniyat vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston davlat satira teatrida tashkiliy va ijodiy masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.
Unda teatrda sahnalashtirilgan spektakllarning saviyasi, tomoshabinlarni jalb etish, mahalliy va xalqaro gastrollarni tashkil etish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston davlat satira teatri direktori lavozimiga tayinlangan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xolmedov Mirzatilla Nigmatullayevichni jamoaga tanishtirdi.
Mirzatilla Xolmedov tayinlovga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida so‘z ustasi bo‘lib faoliyat olib borayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Afisha.uz`da O‘zbekiston davlat satira teatriga chiptalar xarid qilish mumkin.