Beyonsening Atlantadagi gastrol safarida e'lon qilinmagan musiqasi boʻlgan fleshka o‘g‘irlab ketildi

Bayonsening Atlantadagi konsertlari seriyasidan 48 soat oldin xoreograf Kristofer Grant va raqqosa Diandre Blu ijaraga olgan mashinadan qo‘shiqchining hali e’lon qilinmagan musiqasi oʻrin olgan fleshka o‘g‘irlab ketildi.
WSB-TV Atlanta telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobildan eksklyuziv musiqiy materiallar, videopostanovka rejalari va qo‘shiqlar ro‘yxati g‘oyib bo‘lgan.
Shuningdek, noutbuklar, dizaynerlik ko‘zoynaklari, kiyim-kechaklar va AirPods Max quloqchinlari o‘g‘irlangan. Politsiya hisobotida Grant ma’lumotlar shaxsan Beyonse uchun mo‘ljallanganini ta’kidlanadi.
Qayd etilishicha, politsiya allaqachon tergovni boshlagan. Qurilmani top funksiyasi yordamida quloqchinlarning oxirgi joylashuvini aniqlash va gumonlanuvchilarning ehtimoliy joyini topish mumkin bo‘ladi.
Beyonse rasmiylari hozircha voqeaga izoh bermagan. Xonanda “Cowboy Carter” turnesi yakunlanmoqda. Atlantadagi chiqishlaridan so‘ng Beyonse Las-Vegasda yana ikkita yakuniy konsert beradi.