Grossmeyster Magnus Karlsen shaxmatda ChatGPTni magʻlub etdi

E’lon qilingan sana· 750
Grossmeyster Magnus Karlsen shaxmatda ChatGPTni magʻlub etdi

Shaxmatchi Magnus Karlsen oʻyinda bir dona ham toshini yo‘qotmasdan ChatGPT’ni mag‘lub etdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shaxmatchiga “sayohat paytida zerikishni tarqatishga” yordam bergan. Karlsen 53 yurishda g‘alaba qozonib, raqibning barcha piyodalarini oldi va o‘z donalarini saqlab qoldi.

“Hamma piyodalarim ketdi. Hech qanday figurani yo‘qotmadingiz. Sizda mukammal g‘alaba… Men taslim bo‘ldim. Bu tartibli, toza va aqlli bo‘ldi”, — degan AI o‘yindan keyingi sharhida.

O‘yindan so‘ng Karlsen sun’iy intellektdan uning o‘yin darajasini baholashni so‘radi. Chatbot uni maqtadi va FIDE yoki USCF tomonidan 1800−2000 reytingiga ega ekanini aytdi. O‘yinchining haqiqiy reytingi — 2839.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling