Bruno Mars kutilmaganda Blackpink guruhining Los-Anjelesdagi konsertida chiqish qildi

E’lon qilingan sana· 261
Bruno Mars kutilmaganda Blackpink guruhining Los-Anjelesdagi konsertida chiqish qildi

Bruno Mars kutilmaganda Blackpink guruhining Los-Anjelesdagi ikkinchi konsertida chiqish qildi. U Rozega qo‘shilib, birgalikda kuylagan “Apt” xit trekini ijro etdi.

Roze qo‘shiqni yolg‘iz o‘zi boshlab, kuplet va naqoratni kuyladi, keyin Mars o‘z qismini ijro etish uchun liftda sahnaga chiqib keldi. Trek soʻngida ular sahnada birga yugurdi.

Ma’lumot uchun, Bruno Mars va Roze ijro etgan “Apt” qo‘shig‘i 2024-yilning eng katta musiqiy xitlaridan biriga aylangandi. Trek esda qolarli qilib kuylangani va koreys madaniyatini tarqatishga qo‘shgan hissasi uchun tanqidchilar tomonidan yuqori baholangandi.

“Apt” Billboard Global 200 reytingida 12 hafta, Global Exclda reytingida esa 19 hafta yuqori oʻrinda turdi. IFPI ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shiq atigi ikki oy ichida yilning eng ko‘p sotilgan 17-singliga aylandi va butun dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq strim to‘pladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling