Tramp Coca-Cola kompaniyasi bilan kola retseptini o‘zgartirishga kelishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida Coca-Cola AQShda sotiladigan gazlangan ichimliklarida shakarqamishdan foydalanishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.
“Men Coca-Cola bilan Qo‘shma Shtatlarda haqiqiy shakarqamishdan foydalanish boʻyicha gaplashdim va ular bunga rozi bo‘ldi. Men Coca-Cola'ning barcha rahbarlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu ular tomonidan juda muvaffaqiyatli yurish bo‘ladi. Shunda yanada yaxshi bo‘ladi!”, — deb yozdi Tramp.
Coca-Cola saytida yozilishicha, kompaniya o‘zining Amerika retsepturasida tarkibida fruktoza bo‘lgan makkajo‘xori siropidan foydalanadi.
“Biz prezident Trampning mashhur brendimizga bo‘lgan ishtiyoqini qadrlaymiz. Mahsulotlarimiz assortimentidagi yangi innovatsion takliflar haqida yaqin kunlarda batafsil ma’lumot beriladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Tramp tomonidan tayinlangan Sog‘liqni saqlash vaziri Robert Kennedi “Amerikani yana sog‘lom qilamiz” kampaniyasi doirasida oziq-ovqat sanoati bir qator tarkibiy qismlardan voz kechishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Harakat qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan tarkibida fruktoza miqdori yuqori bo‘lgan makkajo‘xori siropi, sun’iy bo‘yoqlar va o‘simlik moylarini iste’mol qilmaslikka chaqiradi.