Jennifer Lopes konsertida boshqa turmush qurishni rejalashtirmayotgani haqida gapirdi

Jennifer Lopes Ispaniyaning Bilbao shahridagi “Up All Night” turidan oʻrin olgan konserti vaqtida boshqa turmush qurmoqchi emasligi haqida gapirdi.
Xonanda “Jey Lo, menga turmushga chiq” yozuvi tushurilgan qogʻozni koʻtarib turgan muxlisiga e’tibor qaratdi. “Menimcha, men bu ishlarni tugatdim. Ha, bir necha marta sinab ko‘rganman”, — deydi Lopes.
Jennifer Lopes to‘rt marta turmushga chiqqan. 1997−1998 yillarda u ofitsiant Ohani Noa bilan turmush qurgan, 2001-yildan 2002-yilgacha raqqos Kris Jaddning rafiqasi bo‘lgan. Jey Loning uchinchi turmush o‘rtog‘i qo‘shiqchi Mark Entoni bo‘lib, u bilan 10 yil birga yashagan. Ularning egizak farzandlari bor. 2022-yil iyul oyida Lopez Ben Afflekga turmushga chiqdi. Ular birinchi unashtiruvdan 20 yil o‘tgach turmush qurdi. 2024-yilning yozida Lopez ajrashish uchun ariza berdi. Hujjatlarda bunga “yengib bo‘lmas kelishmovchiliklar” sabab bo‘lgani aytiladi.
Ma’lumot uchun, qoʻshiqchi hozirda dunyo boʻylab “Up All Night” konsert turnesini oʻtkazmoqda. Uning doirasida Jennifer Lopes 7-avgust kuni Toshkentda, “Bunyodkor” stadionida konsert beradi.
Jennifer Lopes
"Milliy" (Bunyodkor) stadionida Jennifer Lopesning konserti boʻlib oʻtadi.