Kiss Cam: Coldplay guruhi konsertidagi "xiyonat mojarosi" haqida

E’lon qilingan sana· 761
Kiss Cam: Coldplay guruhi konsertidagi "xiyonat mojarosi" haqida

Coldplay guruhining Bostondagi konserti vaqtida frontmen Kris Martin tasodifan IT kompaniya rahbari bilan birga boʻlgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab boʻldi.

Chiqish davomida “Kiss cam” tashkil etilgan. Ekranda Astronomer kompaniyasining bosh direktori Endi Bayron va kompaniyaning HR bo‘limi rahbari Kristin Kabot paydo bo‘ldi.

Qo‘shiqchi avvaliga hech narsadan shubhalanmay, “Oh, bu ikkovini qarang”, — deb izoh berdi. Shundan so‘ng Bayron darhol Kabotdan o‘zini chetga oldi va yashirinishga urindi, Kabot esa yuzini qo‘llari bilan to‘sib oldi. Martin hazillashib, “Yoki ular oshiq-ma'shuq, yoki juda tortinchoq”, — deb izoh berdi, bu muxlislarning kulgisiga sabab boʻldi.

LinkedIn ma’lumotlariga ko‘ra, Bayron 2023-yil iyulidan beri Astronomer bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Kabot xodimlar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlaydi va barcha darajadagi xodimlar bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnata olishini ta’kidlaydi.

Ochiq ma’lumotlarga koʻra, Bayron uylangan boʻlib, uning ikki nafar farzandi bor. Shuningdek, Kabot ham oilali hisoblanadi. Voqea aks etgan video tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Endi Bayron bu voqeadan soʻng uzr soʻragan va LinkedIn’dagi sahifasini oʻchirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling